«O‘rda» bir muammoni qo‘zidi

Prezident Murojaatnomasi arafasida To‘qayevning eng yaqin sherigi «qo‘lga olingani» haqidagi media bomba tafsilotlari
Murat Nurtleu. gov.kz sayti fotosurati

Ko‘p millionlik auditoriyaga ega Qozog‘istonning ORDA.kz («O‘rda») nashri Prezidentning yillik Murojaatnomasi oldidan Qozog‘iston tarixidagi eng media janjalni qo‘zg‘atdi. 4 sentyabr kuni «O‘rda»ning sayti va Telegram-kanalida Tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu, tadbirkor Gaji Gadjiyev, shuningdek, Milliy xavfsizlik qo‘mitasining bir necha yuqori martabali xodimlari hibsga olingani haqida xabar berildi. Va bu ma’lumot TIV, MXQ va Axborot vazirligi tomonidan izchil rad etilganidan keyin ham nashr o‘z so‘zida turib oldi, shundan so‘ng prokuraturada «O‘rda» bosh muharririga savollar paydo bo‘ldi. Janjal qanday rivojlandi va nega endi u aynan hozirda avjiga chiqqani«Farg‘ona» materialida.

Vazirning «hibsga olinishi»

Oxirgi uch kun ichida «O‘rda» tinimsiz parallel voqelikni yaratmoqda, unda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi rahbari, Bosh vazir o‘rinbosari va prezident To‘qayevning eng yaqin safdoshlaridan biri Murat Nurtleu SHHT sammitidan qaytgandan so‘ng hibsga olingan. Uning uyida tintuv o‘tkazilgani, 4 sentyabrdan keyingi barcha uchrashuvlari va telefon suhbatlari matbuot xizmati tomonidan oldindan tayyorlangan ommaviy axborot vositalarining «konserva mahsulotlari» bo‘lgani aytilmoqda. «O‘rda» mazkur yangilikning ko‘plab rasmiy raddiyalariga qaramasdan – o‘z manbalariga ishonishini ta’kidlab, o‘z pozitsiyasida qattiq turibdi.

TIV rahbari Nurtleu va Harvest Group direktorlar kengashi raisi Almaz Alsenovning 5 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvidan lavhalarni e’lon qilarkan, nashr u iyul oyida ham shunday uchrashuv o‘tkazgani (nega TIV rahbari qishloq xo‘jaligi tadbirkorlari bilan har ikki oyda uchrashishi kerak, deyiladi) va suratlar eskisiga juda o‘xshashligini ta’kidlagan.

Boshqa nashrlardagi hamkasblar bunday emasligini va aslida ikkita uchrashuv bo‘lganini aniqlash uchun to‘liq tekshiruv o‘tkazishgan. Xususan, birinchisida Yerjan Yelekeyev ishtirok etgan, biroq oxirgi suratlarda u bo‘lmagan, chunki o‘sha vaqtga kelib u Quvaytdagi Favqulodda va Muxtor Elchi etib tayinlangan edi.

6 sentyabr kuni Qozog‘iston TIV vazirlik rahbari va uning ukrainalik hamkasbi Andrey Sibiga o‘rtasida Kiyev tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan telefon muloqoti haqida xabar berdi. O‘ganda «O‘rda» qo‘ng‘iroq Nurtleu SHHT sammitida qatnashgandan so‘ng Pekindan uyga uchayotganida sodir bo‘lganini va ehtimol to‘g‘ridan to‘g‘ri samolyotdan, ya’ni hibsga olinishidan oldin amalga oshirilganini yozgan.

Nashr, shuningdek, Nurtleu ozodlikda ekani haqidagi ko‘plab tashqi kuzatuvchilarning xabarlariga ham e’tibor qilmayapti. Masalan, siyosatshunos Doniyor Ashimbayev «jabrlanuvchi» bilan shaxsan gaplashgani va u o‘zining hibsga olinishi haqidagi ma’lumotlar mutlaqo bema’nilik ekanini aytgan. Markaziy Osiyo bo‘yicha mutaxassis Arkadiy Dubnov, o‘z navbatida, juma kuni Nurtleu vazirlikdagi ish joyida bo‘lganini va bu haqda unga Tashqi ishlar vazirligidagi ishonchli manbalar shaxsan xabar berganini yozgan.

Vazirning o‘zi o‘tgan yozda sobiq Mudofaa vaziri Ruslan Yaxshilikov o‘zining «hibsga olinishini» rad etganidek, video murojaat yozib, barcha gumonlarni chippakka chiqarishi mumkin edi, ammo bu hali sodir bo‘lmadi, bu fitna konspirologlar foydasiga o‘ynayapi. «O‘rda» esa o‘zining haqligini tasdiqlovchi dalillarni keltirmagan.

Qozog‘iston standartlari bo‘yicha ulkan 12 million kishilik katta auditoriyaga ega nashr faqat o‘z manbalarining ishonchli ekanida turib olishini davom etmoqda. Darhaqiqat, ular ko‘pincha «O‘rda»ga respublika hayotidagi muhim voqealar haqida birinchi bo‘lib xabar berishga ruxsat berishgandi. Ammo bu xabarlar orasida Qozog‘istonning sobiq birinchi xonimi Sara Nazarboyevaning o‘limi yoki uning turmush o‘rtog‘i Nursulton Nazarboyevning Kantar davrida mamlakatdan qochib ketgani haqidagi feyk xabarlar ham bor edi. Bunday xabarlar rad etildi va ishonch bilan unutildi, chunki «O‘rda» hech qachon o‘z nashrlari bo‘yicha rasmiylarning bayonotlariga shubha qilmagan.

Xo‘sh, hozirda nimalar bo‘lyapdi?

Hozirda nashr rasmiylar bilan shunchaki tortishayotgani yo‘q, u aslida Qozog‘iston rahbariyatini yolg‘onchilikda ayblamoqda, buning uchun korrupsiya va klanlararo «janjallar» kabi nozik mavzulardan foydalanmoqda.

Nurtleu bilan bir qatorda, «O‘rda»ning ta’kidlashicha, respublikadagi taniqli tadbirkor va jamoat arbobi, Qozog‘iston og‘ir atletika federatsiyasi rahbari Gaji Gadjiyev ham hibsga olingan (uning rafiqasi, prezident teleradiokompaniyasi direktori Raushan Qojiboyeva allaqachon tahririyatni tuhmat uchun sudga berish niyatida ekanligini ma’lum qildi).

«MXQ, «Xorgos» va o‘limlar: Nurtleu va Gadjiyev Qozog‘istonni qanday qilib egallab oldi» maqolasida TIV rahbarini «Qozog‘iston siyosatining kulrang kardinali» deb atagan va Gadjiyev o‘z ko‘magida 2022 yili Milliy xavfsizlik qo‘mitasi qoshida parallel «yashirin MXQ» tuzilmasini yaratganini yozadi – ular «davlat manfaatlariga emas, faqat bir shaxs — Murat Nurtleuga xizmat qilishgan». Buning evaziga Gadjiyev Xitoy chegarasini va birinchi navbatda «Xorgos»ni nazorat qilish imkoniyatini olgan, deyiladi maqolada. Unda, shuningdek, Kiyevda muxolifatchi jurnalist Aydos Sodiqovning o‘ldirilishiga aloqador bo‘lgan qo‘mitaning uch sobiq xodimi (ular ham hibsga olingani aytilmoqda) tarixi ham o‘rin olgan. Murat Nurtleu jinoyatning boshida turgan, deyiladi.

Orda.kz saytidan skrinshot

«Axborot «sensatsiyalar» ko‘pirib bormoqda», — deya izoh beradi Doniyor Ashimbayev maqolani o‘qib chiqib. «To‘qayev Zelenskiyga muzokaralarga borishni maslahat berishga endi ulgurgan ham ediki, qozog‘istonlik diplomat NATOga qarshi josuslikda ayblanib, zudlik bilan hibsga olindi. Xitoyga muvaffaqiyatli tashrifi yakunlanishi bilanoq vazir, tadbirkor va xavfsizlik xodimlarining hibsga olinishi haqidagi mish-mish paydo bo‘ldi, Ostonani Kiyevdagi tushunib bo‘lmas hodisaga bog‘lashdi. Ammo bu siyosatshunoslarning fikriga ko‘ra, minglab versiyalardan faqat bittasi. Murat Nurtleu mamlakatdagi eng nufuzli siyosatchilardan biri sanaladi. U amaldagi prezidentning uzoq yillik ittifoqchisi. Shunisi e’tiborga loyiqki, uning «hibsga olinishi» haqidagi ommaviy axborot vositalaridagi bomba davlat rahbarining 8 sentyabrga belgilangan yillik murojaatidan bir necha kun oldin paydo bo‘ldi.

«Ba’zilar buni To‘qayevning potensial vorisi uchun kompromat deb hisoblashgan bo‘lsa, boshqalari buni prezidentning o‘ziga zarba, deb hisoblashadi», — deb yozadi siyosatshunos Yerbol Yedilov. —Ammo, So‘lsohilda haqiqatan ham turli xil mish-mishlar tarqalmoqda. Endi bo‘lsa ular «Murojaatnoma qayta yozilmoqda» deyishmoqda va To‘qayevning nutqidan keyin «katta o‘zgarishlar» sodir bo‘lishi mumkin. O‘z tajribamdan kelib chiqib, shuni aytishim mumkinki, sentyabr-oktyabr oylarida bo‘lib o‘tadigan o‘zgarishlar odatiy hodisadir. Hech bo‘lmaganda ular Murojaatnomada tilga olingan masalarning maqsadli va manzilli ijrosiga hissa qo‘shadi. Endi esa o‘zgarishlar oldindan rejalashtirilgan bo‘lsa ham, ular so‘nggi voqealar prizmasi orqali ko‘rib chiqiladi.

Bundan kimga foyda? Rostini aytsam – bilmayman. Ammo ba’zi «LOM»lar (ijtimoiy fikr yetakchilari. – «Farg‘ona» izohi) Bajkenova («O‘rda» bosh muharriri Gulnar Bajkenova. – «Farg‘ona» izohi) tomonidan tasdiqlanmagan ma’lumotlarning sizib chiqishi Nurtleuning hukumat nomiga emas, balki hukumat rahbari lavozimiga bo‘lgan yo‘lini to‘sishga qaratilganini ta’kidlashmoqda. Murat Abugaliyevich ko‘proq diplomat ekanini, Qozog‘istonning to‘liq iqtisodiy va siyosiy mustaqilligi tarafdori ekanini inobatga olsak, «Bu kimga kerak?» degan savol o‘z javobini topgandek bo‘ladi. Balki «O‘rda» bosh muharririning o‘zi ham kimning tegirmonida suv quyayotganini bilmayotgandir», deb hisoblaydi siyosatshunos.

«O‘rda»ni qanday oqibatlar kutmoqda

So‘nggi kunlarda Qozog‘iston rasmiylari Gulnar Bajkenovaga soxta ma’lumot tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik va buning uchun ko‘zda tutilgan jazo, jumladan, qamoq jazosi borligi haqida bir necha bor eslatdi. 6 sentyabr kuni Olmaota prokuraturasi Bajkenovaga «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonun talablarini «yozma va og‘zaki shaklda» tushuntirganini va «O‘rda» bosh muharririga qattiq ogohlantirish berganini ma’lum qildi.

Shu bilan birga, nashrning hammuassisi Maqsat G‘aniyev 70 foiz aksiya egasi sifatida Bajkenovani nashr boshqaruvidan chetlashtirish choralarini ko‘rishini aytdi. Uning Bosh prokuratura hamda Madaniyat va axborot vazirligiga yo‘llagan videomurojaati KazTAG agentligi tomonidan e’lon qilindi. G‘aniyev tahririyatning moliyaviy, boshqaruv faoliyati, shuningdek, bosh muharrir harakatlarining qonuniyligiga oid mustaqil audit o‘tkazilmagunga qadar «O‘rda» va uning ijtimoiy tarmoqlardagi akkuantlari faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatishni talab qilmoqda. Bajkenovaning o‘zi esa hozircha sukut saqlayapti.

Bu voqeada kimga ishonishni bilmayotgan kimsalar uchun Prezidentning 8 sentyabrdagi Murojaatnomasini tomosha qilish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. U e’lon qilinganda nafaqat parlamentning ikkala palatasi, balki hukumat a’zolari ham hozir bo‘ladi.

Anna Kozireva