Nurlan Saltayev va Amir Eyvaz yaratgan «Turkiy kalendar» nihoyatda qiziqarli, ma’lumotlarga boy va hajm jihatidan epik asardir. U ham elektron, ham bosma shakllarda mavjud. Lekin bu shunchaki kitob emas- turklar tarixini qadimdan to hozirgi davrgacha qamrab olgan ulkan loyihadir. Qadim davrga oid yozma manbalardan olingan parchalar loyihaga alohida joziba bag‘ishlaydi. «Farg‘ona» Nurlan Saltayev bilan turkiy xalqlarning tarixi, madaniyati, psixologiyasi, bir-birlari va dunyo bilan munosabatlari haqida suhbatlashdi.
— Asaringizning ikki muallifi bor: Nurlan Saltayev va Amir Eyvaz. «Turkiy kalendar»ni yaratish g‘oyasi birinchi bo‘lib kimdan chiqdi va mutaxassisliklar bo‘yicha ishlarni qanday taqsimladingiz, qaysi mavzularga kim mas’ul bo‘ldi?
Men dastlab «Turkiy kalendar»ni muallifi edim, keyinroq bunga Amir Eyvaz qo‘shildi. 2018 yili Amir Mirzo o‘zining turantoday.com saytida men to‘plagan materiallar asosida «Turkiy kalendar»ning elektron versiyasini ishga tushirdi. Shuningdek, u Google Play da yuklab olish mumkin bo‘lgan kalendarimiz uchun bepul mobil ilovani yaratdi.
Amir Mirzo tahrir, grafik dizayn va dizayn bilan shug‘ullangan, keyinchalik sanalarni o‘rganish va yozma manbalardan iqtiboslar tuzishda faol ishtirok etdi. Biz ruhan yaqin insonlar bo‘lsak kerak, chunki qaysi matn Amirniki, qaysi matn meniki ekanini endi ayta olmayman.
Dizayn yaratish va tarixiy fotosuratlar, portretlar, o‘rta asr gravyuralari, rasmlarini qo‘shish orqali Amir Mirzo, nazarimda, «Turkiy kalendar»ga jon kiritdi.
Hozirda u «Turkiy kalendar»ning turkcha versiyasi ustida ishlamoqda. Kitobning texnik qismini bevosita turk tiliga tarjima qilish bilan birga, turk tilidagi birlamchi manbalarni to‘playdi. Arab yozuvini bilganligi tufayli u eski usmonli va boshqa turkiy shevalardagi asl matnlar — qadimgi o‘zbek, Qrim va Qozon xonliklaridagi tatar, qizilbosh va boshqa tillardagi matnlarni izlaydi. Masalan, Moskva davlatining Qrim xonligiga to‘lagan o‘lponni bekor qilish to‘g‘risidagi 1700-yilgi shartnoma hozirda ruscha nusxada keltirilgan bo‘lsa, «Turkiy kalendar»ning turkcha versiyasida u asl eski usmonli tilidan (zamonaviy turk tiliga tarjima va eski usmonli tilidan transkripsiya qilingan) beriladi.
— «Kalendar» mohiyatan ensiklopedik lug‘at bo‘lsa-da, lug‘at tamoyiliga emas, balki turkiylar tarixidagi sanalar va muhim voqealarga asoslanadi. Siz va hammuallifingiz ushbu lug‘atni kengaytirish va uni yangilash haqida o‘ylamayapsizmi?
— Albatta, «Turkiy kalendar» ni cheksiz ravishda kengaytirish mumkin. Biz doimo ilmiy jihatdan tasdiqlangan sanalar va ular uchun asosiy manbalarni qidiramiz. «Turkiy kalendar»ning asl nusxasi 600 sahifadan iborat bo‘lganini aytish kifoya, hozirda u taxminan 1300 sahifani o‘z ichiga oladi. Biz yana bir muhim yangilanishga deyarli tayyormiz: bizda uni to‘ldirish uchun qiziqarli materiallar bor va biz ba’zi qiziqarli va kam ma’lum manbalarni topdik. Biroq, hozircha asosiy vazifamiz kitobimizning turkcha variantini ishlab chiqishdir. Shu sababli, ushbu asosiy yangilanish hozircha to‘xtatildi.
«Turkiy kalendar» bo‘yicha ishimizning bir qancha jihatlariga to‘xtalib o‘tmoqchiman.
Birinchidan, «Turkiy kalendar»da barcha suveren turkiy davlatlarning, shuningdek, turkiy muxtoriyatlarning bayramlari mavjud.
«Turkiy kalendar»ning ikkinchi muhim jihati – ayrim xalqlar tomonidan hozirgacha nishonlanadigan, afsuski, ba’zilari tomonidan mutloq yo‘qotilgan turkiy xalqlar bayramlarining saqlanib qolinishidir. Masalan, «Qidirlez» yoki «Xizirlez» bayramini Sharqiy Yevropaning Qrim-tatarlari va no‘g‘aylari 7 may kuni nishonlaydilar. Afsonaga ko‘ra, Xizir a.s Ilyos.a.s bilan shu kuni uchrashgan. Xizir a.s — mashhur islom avliyosi, chorvachilik homiysi, uning ismi arabchada «Yashil» degan ma’noni anglatadi, Ilyos a.s yoki Ilya esa suv homiysi. Ya’ni bu kun maysalarga birinchi yomg‘ir yoqqan, chorvalarni yaylovga olib chiqishning birinchi kunini anglatadi. Chorva qish kelguncha, ya’ni 7 noyabrga to‘g‘ri keladigan Qosim kunigacha yaylovda boqiladi. Xizirlazdan Qosimgacha bo‘lgan davr turklar tomonidan yoz, Qosimdan Xizirlazgacha bo‘lgan davr esa qish hisoblangan.
Yoki, masalan, «Gul-Isriq» yoki «Adraspan bayrami» O‘zbekistonda bir paytlar nishonlanib kelingan, hozir esa unutilgan bayram — qizig‘i shundaki, u kommunistiklarning dinga qarshi kurash bo‘limining eslatmasi tufayli tarixda saqlanib qolgan.
Turklarning so‘nggi bir necha asrlik tarixi kurashlar, mag‘lubiyatlar va kamdan-kam g‘alabalardan iborat. Shuning uchun kalendarga Turkistonning Sodiq (Sizdiq) Kenesariuli tomonidan qo‘lga kiritilishi va uning himoya qilinishi, Chimkent va Toshkentning qamal qilinishi, Olimqul Qipchoqning o‘limi kabi sanalar kiritilgan... Biz voqealarga baho bermaslikka harakat qildik, faqat faktlarni keltirdik.
«Turkiy kalendar»ning navbatdagi maqsadi mavjud turkiy sulolalarning hammasi bo‘lmasa ham, aksarini eslatib o‘tish va zamonaviy taqvim bilan bog‘lanishi mumkin bo‘lgan manbalardan haqiqiy sanalarni topish bo‘ldi. Kitobda Misrda hukmronlik qilgan turkiy sulolalar: Tuluniylar, Ishhidlar, Mamluklar, keyin esa Usmonlar; Xorazmdagi qo‘ng‘irotlar sulolasi, O‘rta Sharqdagi Jaloyiriylar, Oqquyunli va Qoraquyunlilar, Pokistondagi Arg‘unlar sulolasi. Erondagi Safaviylar, Afshorlar va Qojarlar sulolalari turkiy bo‘lganini alohida ta’kidlamoqchi bo‘ldik.
«Turkiy kalendar» da turkiy xalqlarning eng ko‘zga ko‘ringan arboblari: siyosatchilar, olimlar, xayrixohlar, harbiy xizmatchilar tilga olinadi. Ularning tarjimayi holi barcha turkiy elatlarning murakkab va fojiali taqdirini ochib beradi, butun keng turkiy xalqqa xizmat qilish idealini namoyish etadi.
— Kadendar rivoyatlardan tortib tarixiy tadqiqotlargacha bo‘lgan turli manbalarga asoslanadi. Ammo xuddi shu voqeani butunlay boshqacha tarzda talqin qilish va hatto aytish mumkin. Materialni tanlashda o‘ziga xos prinsipingiz bormi?
— Mualliflari ushbu voqealar ishtirokchisi bo‘lgan yoki o‘z vaqtida ularga yaqin bo‘lgan manbalarni tanladik. Qolganiga, barcha tarixiy voqealarga turkiy xalqlarning o‘zlari qanday qaragan bo‘lsa, shunday qarashga intildik. Aytadilarku: tarix bu siyosatning davomidir. Ba’zi turkiy xalqlar Rossiya imperiyasi, Sovet Ittifoqi va Rossiya Federatsiyasining bir qismi bo‘lgan (va shunday bo‘lib qolmoqda), ya’ni ular rus-sovet tarixiy maktabining madaniy ta’sirini boshdan kechirishgan. Ya’ni, ma’lum bir nuqtaga qadar biz tariximizga o‘z ko‘zimiz bilan emas, balki ko‘plab turkiy haqiqatlar ekzotik ko‘ringan Moskva nigohi bilan qaradik.
«Turkiy kalendar»ning eng muhim tamoyili turkiylar tarixida tarixiy sanalarning mavjudligi uchun biz faqat yozma manbalarga tayandik. Har bir sana voqeaga yaqin bo‘lgan ma’lumot beruvchining tegishli taklifi bilan tasdiqlanadi. Sana ahamiyatini e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak: agar biron bir voqeaning sanasi bo‘lsa, unda biz ishonch bilan aytishimiz mumkinki, bu afsona yoki uydirma emas, balki tarixda sodir bo‘lgan voqea. Bu, ayniqsa, Qozog‘iston uchun dolzarbdir, bu yerda tarixning zamonaviy talqini ko‘pincha yozma manbalarga murojaat qilmasdan afsonaviy yoki hatto mifologik ma’lumotlarga asoslanadi. Shu bilan birga, siyosiy sabablarga ko‘ra rus-sovet tarixiy maktabi bizning davrimizga juda yaqin bo‘lgan, yozma dalillar: Tog‘li respublika, Turkiyaning Ozarbayjonga yordami, Boshqirdiston armiyasining tashkil etilishi va uning Kolchakdan kommunistlar tarkibiga o‘tishi, 1916-1919 yillardagi Abdulg‘affar Janbosinovning Qipchoq amirligi, XX asr 30-chi va 40-chi yillardagi Sharqiy Turkistondagi Islom va Intiqobiy respublikasi va boshqa voqealar yetarli darajada yoritmagan.
— Bugungi turklar madaniyati, dini va hatto tashqi ko‘rinishi jihatidan xilma-xil xalqdir. Sizningcha, bugungi kunda bu xalqlarni nima birlashtira oladi? Kelib chiqishi mushtarakligimi, tillar o‘xshashligimi, turkiy ruh, tarix, siyosiy intilishlar uyg‘unligimi yoki boshqa narsalar?
— «Turkiy kalendar»ning ruhi shundan iboratki, biz turkiy xalqlarning yaqinligini, bir-biriga yordam berishini, umumiy mentalitetini ta’kidlaymiz. «Kalendar»dan ko‘zlangan maqsad shuki, u bilan tanishgandan so‘ng qozoqni o‘zbek bilan, qirg‘izni saxa-yakut bilan, tuva turk bilan faxrlansin.
Turkiylarni o‘xshash tillar, mushtarak tarix, madaniyat, siyosiy intilishlar, umumiy turkiy ruh birlashtiradi. Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Ozarbayjon va Turkiyaga tashrif buyurganimda o‘zimni mehmondek his qilmaganman, men hamma joyda o‘zimni o‘z uyimdagidek his qildim va o‘zgacha, do‘stona munosabatni boshdan kechirdim.
Shuning uchun men turkiy xalqlar madaniy jihatdan bir-biridan farq qiladi degan fikringizga qo‘shilmayman: mening fikrimcha, turli turkiy etnik guruhlar bir-biridan til va madaniy jihatdan kamroq — fransuz provanslarining fransuz normanlaridan farqlanishidan kamroq farq qiladi. Turklarning o‘zlari ham tashqi ko‘rinishga qarab qozoqni qirg‘iz, o‘zbek, qoraqalpoq yoki uyg‘urdan ajrata olmaydi. Boshimiz farqlanadi, deb hazil qilaman: qozoqlar dumaloq do‘ppi, o‘zbeklar to‘rtburchak, qirg‘izlar shlyapa, uyg‘urlar do‘ppi burchagini old tomonga o‘rnatib kiyishi bilan; shuning uchun agar biz bosh kiyimlarimizni almashtirsak, hech kim bizni ajrata olmaydi.
Internetda yagona madaniyat masalasi tez-tez muhokama qilinadi: masalan, Xoja Ahmad Yassaviy qaysi millatga mansub bo‘lgan? Axir uyg‘ur ham, o‘zbek ham, qozoq ham uni «o‘zimizniki» deb biladi. Buning yorqin misoli tarixchi va solnomachi Qodirg‘ali Jaloyiriydir. U Qozoq xonligining qarachisi (bosh vaziri) bo‘lgan, biroq Sibir xonligining poytaxti Iskerda qo‘lga olingan va Moskva ekspansiyasiga Sibir tatarlarining qarshilik ko‘rsatishiga boshchilik qilgan. Yana asirga tushib, Qosimovlar xonligida joylashgan va u yerdan rihlatga ketgan. Uni qozoq bo‘lgan deyish qiyin, chunki u vaqtincha Sibir tatariga aylangan va Qosimov tatari bo‘lib vafot etgan. Aslida, u turk bo‘lgan va barcha turkiy xalqlarning umumiy iftixoriga aylangan.
Xuddi shunday fikrni nafaqat o‘rta asr turklari, balki hozirgi turkiy shaxslar haqida ham aytish mumkin. Birinchi jahon urushi yillarida Qrimni boshqargan, keyinroq Ozarbayjon armiyasi Bosh shtab boshlig‘i lavozimida ishlagan general, Bokuda bolsheviklar tomonidan qatl etilgan litvalik tatar Maciyej (Metyu, Mehmed-bek) Sulkevich taqdirini ko‘rib chiqaylik. Uning so‘nggi so‘zlari: «Musulmonlar armiyasida askar sifatida o‘lishimdan baxtliman!» Sulkevichni Polsha, Litva, Belorussiya, Ukraina va Ozarbayjon turklari haqli ravishda «o‘ziniki» deb bilishadi.
«Turkiy kalendar» turkiy xalqlarning birlashuviga, mushtarak turkiy ruh uyg‘onishiga xizmat qilishga mo‘ljallangan. Albatta, umumiy siyosiy intilishlar bo‘lsa-da, bu siyosatchilarning ishi. Ozarbayjon maqolida aytilganidek: Dama-dama göl olar, heç dammasa çöl olar («Toma-toma ko‘l bo‘lur, tommasa — cho‘l bo‘lur»), turklarni madaniy jihatdan yaqinlashtirish yo‘lidagi kamtarona sa’y-harakatlarimizni davom ettiramiz.
— Panturkizm g‘oyalariga qanday qaraysiz? Buyuk Turondek yaxlit turkiy davlatni yaratish haqida o‘ylab ko‘rganmisiz?
— Albatta, biz panturkizm tarafdorimiz. «Turkiy kalendar» ning o‘zi turkiy xalqlarning umumiy tarixidagi bir xil voqealarga umumiy yondashish orqali ularning mentalitetini birlashtirish maqsadida yaratilgan. Masalan, ruslar uchun Qozonning qo‘lga olinishi Rossiya ekspansiyasining tabiiy bosqichi bo‘lsa, tatarlar va barcha turkiy xalqlar uchun bu davlatchilikning yo‘qotilishi bo‘lgan. Qozonning qo‘lga olinishi domino effektini keltirib chiqargan: Qozondan keyin Astraxan va Sibir xonliklari, No‘g‘ay va Boshqirdiston uluslari, so‘ngra Qrim, Qozoq, Xiva va Qo‘qon xonliklari, shuningdek, Buxoro amirligi bo‘ysundirilgan. Kavkaz va butun Sibir, jumladan, Saxa-Yakutiya ham qo‘lga olingan. Agar Qozon mustahkam turganida, Yevroosiyo qit’asidagi va haqiqatan ham butun dunyodagi turklar tarixi boshqacha bo‘lar edi.
Davlat munosabatlarini o‘rnatish bu siyosatchilar ishi. Shaxsan (hammuallifim ham shu fikrda ekanini bilaman) men Yevropa Ittifoqi kabi umumiy ittifoqni tasavvur qilaman, u tovarlarni ishlab chiqarish va tarqatish uchun umumiy bozorni yaratadi. Bozor kengayishi hamma uchun zarur, biroq Bojxona ittifoqi misolida Rossiya bilan teng bo‘lmagan iqtisodiy ittifoq Qozog‘istonning rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratmaganini, balki neokolonializmning yangi ko‘rinishiga aylanganini ko‘rsatadi. Matbuot Qozog‘iston bojxona to‘lovlarining 85 foizi Rossiyaga, bor-yo‘g‘i 7 foizi Qozog‘istonga to‘g‘ri keladi, deb yozmoqda. Qozoqlar va boshqa turkiy xalqlarga bunday ittifoqning nima keragi bor?

— Mafkurangizni qanday baholagan bo‘lardingiz? Sizningcha, bugungi kunda turkiylik mazmun-mohiyatini kim ko‘proq o‘zida mujassam etgan va u qaysi davlat?
— Biz qat’iy mafkura tarafdori emasmiz. Biz shunchaki aytmoqchimizki, bir necha yuz yillik sun’iy izolyatsiyadan so‘ng turklar mushtarak tarix, madaniyat va mentalitetni tan olishmoqda, «Turkiy kalendar» esa bu umumiylikni ta’kidlaydi. Mening shaxsiy nuqtayi nazarimga ko‘ra, turkiylik g‘oyasi hozirda boshidanoq «Bir xalq, ikki davlat» tamoyilini e’lon qilgan Turkiya va Ozarbayjon tomonidan ulkan darajada mujassam bo‘ldi. Armaniston tomonidan bosib olingan Ozarbayjon hududlarining yaqinda ozod etilishi ana shu strategiyaning amaliy natijasi bo‘ldi.
— Siz aytgan turkiylik qanday namoyon bo‘lishi mumkin? Nega kimdir birdan o‘zi haqida: men qozoq emasman, men turk emasman, men o‘zbek emasman, men tatar emasman — men turkman deyishni xohlab qoladi? Sizningcha, hozirgi milliy davlatlar bu yondashuvdan xavfsirasi mumkin emasmi, chunki vatanparvarlik hozirgi kunda barcha toifadagi siyosatchilar tayanadigan ustundir. Aytishlari mumkin: u o‘z yurtining vatanparvari emas, qandaydir mavhum turkiylik vatanparvari, og‘ir damda bunday odamdan nimaniyam kutish mumkin?
— Hozirgi siyosiy vaziyatda turkiy dunyo Xitoy, Hindiston, Rossiya va Yevropa gigantlari o‘rtasida qolib ketgan. Individual jihatdan har qanday turkiy milliy davlat bu davlatlar bilan iqtisodiy, harbiy, madaniy va ilmiy jihatdan raqobatlasha olmaydi. Biroq, turkiy xalqlarning umumiy soni 250-300 millionni tashkil etadi, bu allaqachon har qanday mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun sezilarli iste’mol bozoridir; tashqi tahdidlarga qarshi turishga qodir birlashgan armiyani tashkil etadi. Men o‘z yurtining vatanparvari deganda o‘z yurtiga yaxshilik tilaydigan, o‘z xalqining farovon yashashini, o‘zini xavfsiz his qilishini istaydigan insonni tushunaman.

Yigirma million qozoq yoki 10 million qirg‘iz mustaqil ravishda Ukrainada ko‘rib turganimizdek 140 million aholiga ega Rossiyaga qarshi tura olishi dargumon, bundan tashqari aholisi bir yarim milliardli Xitoy va Hindiston turibdi.
Menimcha, odamlar (ko‘pchilik allaqachon shunday qila boshlashdi): «Men qozoq turki, «men o‘zbek turki», «men tatar turki»man desa, muammo bo‘lmaydi. Qozoqlar xotirjam o‘z qabilasini tilga olishadi va men arg‘ir yoki qipchoqman desa, hech kim uni qozoq vatanpari emassan, deb ayblamaydi.
Ehtimol, hokimiyatni yo‘qotishdan qo‘rqadiganlar turkiylar birlashuvini tahdid deb bilishar? Ammo bunday odamlar hamma narsadan — demokratiyadan, saylovlardan va siyosiy raqiblardan ham qo‘rqishadi.
Hech kim turkiy o‘zlik nima ekanini bilmaydi, xuddi hech kim, masalan, ruslar o‘zligini bilmagani kabi. U o‘tmishda ham, hozirgi paytda ham bir xil voqealarga bir xil munosabatda namoyon bo‘lishi mumkin. Biz uchun turkiy o‘zlik «Malim — janimniң sadaqasi, janim — arimniң sadaqasi» degan qozoq maqolida ifodalangan.

— Hozirgi bosqichda turkiy xalqlar, aytaylik, Turkiy Davlatlar Tashkilotiga qaraganda yaqinroq siyosiy va iqtisodiy hamjamiyatga birlashishi mumkinmi?
— Biz siyosatchi emasmiz, lekin har holda, bu masala ustida ishlashimiz kerak va «Turkiy kalendar» bu yo‘lda qo‘yilgan bir qadamdir. Biz hozir turkiy xalqlar o‘rtasida asrlar davomida yakkalanib qolgandan so‘ng gorizontal yaqinlashuvga guvoh bo‘lmoqdamiz. Qaysidir nuqtada hukumatlar bu haqiqatni rasmiylashtirishi kerak bo‘ladi. Bizning vazifamiz turkiy xalqlariga xizmat qilishdir. Tatar maqolida aytilganidek — «Vatanga xezmәt itү — bezneң burich».
— Sizningcha, hozirgi sharoitda ma’rifatparvar millatchilik – o‘zini boshqa millatlarga qarshi qo‘ymaydigan omil bo‘lishi mumkinmi?
— Turkiy xalqlar oldida yagona Yevropa Ittifoqiga birlasha olgan Yevropa tajribasi bor. Turkiy xalqlar ham xuddi shunday tamoyil asosida birlashadilar, deb o‘ylayman. Garchi Yevropa Ittifoqi o‘zini Rossiya, Xitoy va Amerikaga qarshi aniq ko‘rsatsa-da, menimcha, buni «sog‘lom» muxolifat deyish mumkin. Xuddi shunday turkiy xalqlar ham qo‘shni xalqlarga tahdid qilish uchun emas, balki o‘zlarining iqtisodiy va boshqa qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun mushtarak pozitsiyaga ega bo‘ladilar.
— Bugungi kunda aksariyat mamlakatlar ko‘p millatli, ko‘p elatli va hatto ko‘p irqli — masalan, Qozog‘iston. Axir u yerda birgina turkiy xalqlar yashamaydi. Turkchilik hukmron mafkuraga aylansa nima qiladi? Ular o‘zlarini qanday his qilishadi?
— Yevropa Ittifoqida ham turli xalqlar va turli din vakillari yashaydilar. Ovro‘poliklar ularning barchasi Yevropa hamjamiyatiga imkon qadar uyg‘un tarzda qo‘shilishlarini istaydi. Umuman olganda, bu mutlaqo tushunarli intilish. Ammo «qaynayotgan qozon»ning yana bir misoli bor – bu «rus dunyosi», biz hozir Ukrainadagi urushda uning haqiqiy yuzini ko‘ryapmiz. Modelni tanlash turklarda qoladi. Balki, bir kun kelib turkiy integratsiya Yevropadan o‘rnak olib, turkiy jamiyatning boshqa etnik guruhlari tomonidan uyg‘un qabul qilinishiga olib kelar... Ammo, yana bir bor ta’kidlaymiz — uyg‘un. Shunday ekan, umid qilamizki, turk dunyosi «rus dunyosi» dan o‘rnak olmagan holda uyg‘unlik yarata oladi.
— Nima uchun hozirda milliy, davlatchilik atrofida emas, balki turkiylik kabi milliylikdan ham yuqori g‘oya atrofida birlashish vaqti kelgan deb o‘ylaysiz?
— Yuqorida iste’molchilar soni ishlab chiqarish rentabelligiga mos kelishi kerak, deb javob berdim. Ko‘p sonli iste’molchilar madaniy rivojlanishni ham oshiradi. Masalan, hozirda Rossiya Federatsiyasida 130 mingga yaqin no‘g‘aylar yashaydi. Ular orasida iste’dodli insonlar ko‘p, biroq bunchalik kam sonli halq xonandaning ijodga, olimning fanga o‘zini fido qilishi uchun ularning qora qozonini qaynatib turishga imkon topib berolmaydi. Soliq to‘lovchilarning ma’lum qismi ularning tirikchiligini moliyalashtirishi kerak, biroq kichik davlatlar bu yukni ko‘tara olmaydi, shuning uchun iste’dodli olim o‘z mehnati bilan tirikchilik qila oladigan makonga ketadi.
Xuddi shu narsa ishlab chiqarish, biznes va boshqalarga ham tegishli: o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun iqtidorli turk Rossiya, Xitoy, Yevropa yoki Amerikaga boradi va u yerda o‘zini ko‘rsatadi. Ammo turkiy ittifoq vujudga kelsa, iste’dodli turklar o‘z iste’dodlarini o‘z ona tilida, o‘z vatanlarida namoyon eta oladilar. Oddiy misol: Boshqirdistonning AY YOLA guruhi Turkistonda boshqird tilida qo‘shiqlar ijro etib, muvaffaqiyatli gastrollar uyushtirdi, mahalliy xalq ularni «o‘ziniki» deb hisobladi.
— «Kalendar»da o‘zbeklarning xon o‘zbekdan kelib chiqishi haqida rivoyat bor. Unda aytilishicha, qolmiqlar islomni qabul qilmaganlar. Kontekstdan ko‘rinib turibdiki, ular ham turkiy. Biroq, rasmiy fan qolmiqlarni turkiy deb tasniflamaydi. Sizningcha, bugungi kunda kim turkiy xalq hisoblanadi? Bu ro‘yxatni Vikipediyadan tashqari kengaytira olasizmi?
—Turklar o‘zini turkiy xalqlar deb hisoblaydiganlardir. Bilasizmi, millatning qonuniy ta’rifi yo‘q; dunyoning boshqa hamma joyida «millat» fuqarolik deb tarjima qilinadi. Qozog‘istonda shaxsiy guvohnomangizda millatingizni ko‘rsatishingiz shart emas, chunki «millat» nima ekanini hech kim bilmaydi.
To‘g‘ri, rossiyalik bir inson qozoq sifatida ro‘yxatdan o‘tmoqchi bo‘lgani haqida qiziq voqea yuz bergani haqida matbuotda xabar berilgandi. Politsiya buni rad etgan va Oliy sud esa millatni faqat ota-ona millatidan kelib chiqqan holda mustaqil tanlash mumkinligi haqida tushuntirish bergan. Menimcha, bu ham noto‘g‘ri. O‘z millatini ro‘yxatdan o‘tkazish hech qanday majburiyat yoki huquqlarni talab qilmagani uchun, masalan, Yevropada faqat fuqarolik qayd etilganidek, uni qayd qilish shart emas. Qozog‘iston pasportida «millati» degan bo‘limda barcha odamlarda «Qozog‘iston» deb yozilgan, aslida bu fuqarolik.

Til mansubligi, uning milliy mansubligini anglatmaydi. Agar siz boshqa tilni, masalan, fransuz tilini o‘rgangan bo‘lsangiz, bu sizni avtomatik ravishda fransuzga aylantirmaydi va barcha fransuzlar sizni o‘zimizdan ekansan, deb qabul qilmaydi. Rossiya va Qozog‘istonda rus tilini o‘z ona tili deb biladigan turkiy xalqlar ko‘p, ammo ular baribir turkiyligicha qoladi.
Til – bu ta’lim muassasalarida mustahkamlangan aloqa vositasi, axborot uzatish vositasi. Sovet davrida Qozog‘istondagi maktablarning aksariyati rus tilida bo‘lgan (menimcha, bitta qozoq tilidagi oliy o‘quv yurti bo‘lgan, JenPI (Ayollar pedagogika universiteti – «Farg‘ona» izohi), shuning uchun rus tili ustunlik qilgan. Bu yil Qozog‘istonda birinchi sinf o‘quvchilarining 70 foizi ta’lim tili sifatida qozoq tilini tanladi, ya’ni 10 yildan so‘ng turkiy tilda oliy ta’lim olish osonroq bo‘ladi.
Lev Gumilyov buni oddiy misol bilan yaxshi tushuntirgan. Leningradda tramvayga to‘rt kishi kiradi, hammasi yevropoid, hammasi rus tilida ravon so‘zlashadi, lekin turli millatga mansub. Ular bir xil hodisaga boshqacha munosabatda bo‘lishadi. Misol uchun, mast odam tramvayga chiqadi: rus unga achinadi va «tushib ket», aks holda politsiyachilar seni ushlab olishadi deydi, Boltiqbo‘yi odami, xuddi yevropalik kabi, politsiyani chaqiradi, tatar bir chetga suriladi, kavkazlik esa mastni urishi ham mumkin, bordiyu u huquqlarini buzsa. Xalqlar shunisi bilan ajralib turadi, turkiy xalqlarning mentaliteti esa juda o‘xshash, ko‘p jihatdan amalda bir xil.
— Sizningcha, masalan, venger turonizmi va Ferens Salashi kabi turkiylik asosida fashizm rivojlanishi xavfi yo‘qmi?
— Turkiy davlatlar hech qachon millatiga qarab boshqa etnik guruhlarni ta’qib qilmagan. Aksincha, aynan hozir Rossiyada qirg‘izlar, o‘zbeklar va ozarbayjonlar fashizmni eslatuvchi usullar bilan ta’qib qilinmoqda. Qozog‘iston, Qirg‘iziston yoki O‘zbekistondagi rossiyalik muhojirlar haqidagi videolarni ko‘rsangiz, unda mahalliy halq ruslarga qanchalar do‘stona munosabatda bo‘layotganini ko‘rasiz. Bir video bor. Unda ruslar mashinada Tojikistondan Qirg‘izistonga tog‘lardan o‘tib, qayerdadir bir dovonda tunash uchun qirg‘izlarning o‘yiga to‘xtashadi. Oila uyg‘onib, dasturxon yozadi, ularga tunagani ko‘rpa-yostiq to‘shashadi. Garchi o‘zlari kambag‘al bo‘lsalarda (axir tog‘da yashashadi) mehmonga ulkan xurmatda bo‘lishadi. Videoni ko‘rarkanman, o‘ylab qoldim: qirg‘izlar va tojiklar Rossiyaga ishlashgani borishadi, birorta rossiyalik ularni tunash uchun o‘z uyiga taklif qilarmikan?
Menimcha, turklar orasida fashizm yoki millatchilik haqida gap bo‘lishi mumkin emas, ular butunlay boshqa mentalitet.
— «Biz turkmiz, demak...» jumlasini qanday davom ettirgan bo‘lardingiz?
— Turkiyada bir turkning o‘zini noo‘rin tutganiga guvoh bo‘lganman, keyin yana bir yoshi ulug‘ turk unga: «Qanday jur’at etding? Axir, sen Usmonli avlodidansan!» Siz aytgan jumlani men shunday davom ettirgan bo‘lardim: «Biz turkmiz, otamiz bitta, demakkim biz hamma narsada bir bo‘lishimiz kerak».
Butun dunyodagi turklarga, xuddi ajdodlari kabi, niyati pokligi, so‘ziga sodiqligi va qanchalik kuchli bo‘lmasin, ma’nosiz tajovuzdan o‘zini tiyishi bilan ajralib turishiga baho berish kerak. Fikrimni Otaturkning Ne mutlu Türküm diyene! («Turk bo‘lish qandayin baxt!») degan so‘zlari bilan yakunlagan bo‘lardim.
-
02 oktyabr02.10«Qo‘rquv bo‘lmadi — mavhumlik yurakni g‘ashlardi»Svyatoslav Kaverin bugungi Afg‘oniston haqida nimalarni bilmasligimiz va bilishimiz kerak bo‘lgan narsalar haqida
-
30 sentyabr30.09Cho‘kib borayotgan dengizNima uchun To‘qayev sayyoradagi eng katta yopiq suv havzasi taqdiri haqida qayg‘urmoqda?
-
26 sentyabr26.09FotoBozorga keng nazarAnzor Buxarskiy bilan Farg‘ona vodiysi bo‘ylab fototur
-
22 sentyabr22.09Notinch qalb va qo‘rs yuraklarTurkmanlar ajdodlari va rus knyazlari kimga qarshi ittifoq tuzganlari haqida
-
16 sentyabr16.09FotoHaqiqiy taomlar bayramiToshkentda Gastro Fest 2025 bo‘lib o‘tdi
-
15 sentyabr15.09«Biz, albatta, zamonaviy san’at olamida birinchi skripka emasmiz, lekin o‘z o‘rnimiz bor»Valeriya Ibrayeva Olmaotada ochilgan Markaziy Osiyodagi birinchi zamonaviy san’at muzeyi haqida