O‘zbekistonda auksion orqali «chiroyli» avtoraqamlarni sotish bekor qilinadi

asiaplustj.info sayti fotosurati

Joriy yilning 1 oktyabrdan boshlab O‘zbekiston respublika tovar xom-ashyo birjasi (O‘zRTXB) orqali «chiroyli» avtomobil raqamlarini sotish bekor qilinadi. Kim oshdi savdolari bilan «O‘zavtomotobelgi» kompaniyasi bevosita shug‘ullanadi. Bunday norma 4 sentyabrdagi mamlakat hukumati farmonida qayd etilgan, deya xabar beradi Spot.uz.

Hujjatga ko‘ra, elektron kim oshdi savdosi orqali sotilmagan raqamlar toifaga qarab xohlovchilar o‘rtasida taqsimlanadi.

Shu bilan birga, «O‘zavtomotobelgi» birinchidan uchinchi toifadagi «chiroyli» raqamlarni mustaqil ravishda sotish huquqini qo‘lga kiritdi. Qolgan kombinatsiyalar umumiy navbat tartibida beriladi.

2026 yil 1 yanvardan boshlab O‘zRTXB tizimida har qanday raqamlar belgisini sotish bo‘yicha auksionlar, shuningdek, yuqori stavkadagi «chiroyli» raqamlarni berish tartibi bekor qilinadi. Harflar va raqamlar kombinatsiyasi bo‘yicha buyurtmalar fuqarolar va tashkilotlarga elektron murojaat asosida beriladi.

Onlayn rejimda uzluksiz ravishda yangilanib turadigan yagona ochiq ma’lumotlar bazasida bo‘sh turgan avtoraqamlarni quyidagi tizimlar orqali tanlash mumkin bo‘ladi:

- hududlardagi ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalarida joylashgan infokiosklar;

- YHXX mobil ilovasi va rasmiy veb-sayti;

- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Aniqlanishicha, ma’lumotlar bazasiga ilgari berilmagan yoki muomalada bo‘lmagan harf va raqamlarning kombinatsiyasi haqidagi ma’lumotlar joylashtiriladi. Bundan tashqari, mintaqalarning yangi kodlari, xususan Toshkent shahriga 02 va Toshkent viloyatida 11 kodi faqat amaldagi kodning kamida 90% belgilar uyg‘unligi tugagandan so‘ng kiritiladi.

Respublika Ichki ishlar vazirligiga YHXXning ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limlarini buyurtma asosida raqamlarni ishlab chiqarish uchun jihoz va materiallar bilan ta’minlash vazifasi yuklatilgan. Shu bilan birga, ushbu tashkilot «chiroyli» raqamlarni sotish bo‘yicha elektron auksionining yangi tizimini yaratadi.

Hukumat qarorida ta’kidlanishicha, jismoniy shaxslar va kompaniyalar avtomobillari uchun buyurtma belgilari 30 daqiqada beriladi. Chet el fuqarolari va avtotransport egalarining avtomobillari uchun protsedura 14 ish kunigacha davom etadi.

Avval xabar qilinganidek, kelgusi yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekistonda oltitagacha harf va (yoki) raqamlar kombinatsiyasidan iborat bo‘lgan «noyob» davlat raqami belgilarini rasmiylashtirishga ruxsat beriladi.