O‘zbekiston Bosh prokuraturasi harbiy formaga o‘xshash kiyim-boshdan foydalanganlik uchun ma’muriy jarima solishni taklif qildi

gazeta.uz sayti fotosurati

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi harbiy yoki idoraviy formaga o‘xshash kiyim-boshdan foydalanganlik uchun ma’muriy jarima solishni taklif qildi. Tegishli hujjat 17 sentyabrga qadar Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portalida joylashtirildi.

Nazorat organi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 209-1-moddasi «Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining kiyim-kechaklarini qonunga xilof ravishda kiyishi»ga o‘zgartirish kiritish tashabbusi bilan chiqdi.

Moddaning birinchi qismining mohiyati deyarli o‘zgarishsiz qoladi. Ayrim davlat organlarida qabul qilingan, tegishli ramzlar yoki farqlovchi belgilarga ega harbiy kiyim yoki kiyim-kechaklarni kiyish huquqisiz kiygan fuqarolar jarimaga tortiladi. Jarima 2 dan 5 ta bazaviy hisoblash miqdorida (BHM) – 824 ming so‘mdan (67 dollar) 2,06 million so‘mgacha (167 dollar) bo‘ladi.

Shu bilan birga, «matosining rangi, tikilish uslubi, farqlovchi belgilari va boshqa predmetlari harbiy va idoraviy formali kiyim-bosh predmetlarini takrorlovchi yoki unga o‘xshash kiyim-boshni joriy etish yoki ulardan foydalanish». Ushbu band bo‘yicha aybli deb topilganlar bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarimaga solinadi. Bu holatda – 2,06 million so‘mdan (167 dollar) 4,12 million so‘mgacha (333 dollar).

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning ushbu moddasini buzganlik uchun pul jazosiga qo‘shimcha ravishda forma yoki unga o‘xshash kiyimni musodara qilish tarzidagi sanksiya ham nazarda tutilgan.

Bundan tashqari loyiha bilan, hokimiyat vakili bo‘lmagan shaxs tomonidan hokimiyat vakilining xizmat kiyimi yoki hujjatlaridan foydalangan holda jinoyat sodir etishni jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar sifatida belgilanmoqda.

Nazorat mahkamasi, shuningdek, mamlakat Jinoyat kodeksiga o‘zgartirish kiritishni taklif qildi. Xususan, «Jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar»ga oid 56-moddaga quyidagi mazmundagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish:

✅ o) alkogolli mastlik holatida yoki narkotik moddalar, ularning analoglari, psixotrop yoki intellektual va irodaviy faoliyatga ta’sir etuvchi boshqa moddalar ta’sirida;

✅ p) hokimiyat vakili bo‘lmagan shaxs tomonidan, hokimiyat vakilining rasmiy kiyimi yoki hujjatlaridan foydalangan holda.