Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazining Islomgacha bo‘lgan davr zalida Nurota tog‘laridagi Sarmishsoy va Karang‘ung‘ur vodiylaridagi qoyatosh rasmlariga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi. Bu haqda Markaz matbuot xizmati xabar berdi.
Rasmlar nusxa va rekonstruksiya sifatida taqdim etilgan va O‘zbekistondagi islomgacha bo‘lgan davrga bag‘ishlangan bo‘limga kiritilgan.
Arxeologlar ma’lumotlariga ko‘ra, Sarmishsoyda 10 mingdan ortiq rasmlar saqlanib qolgan. Toshlarda ov sahnalari, hayvonlar tasvirlari, inson qiyofalari va ramzlar tasvirlangan. Petrogliflar haqida birinchi ma’lumotlar XIX asrda paydo bo‘lgan va tizimli tadqiqotlar XX asrda boshlangan. Tadqiqotga arxeolog Xabib Muhammedov katta hissa qo‘shgan.
ℹ️ Islom sivilizatsiyasi markazi Xasti-Imom majmuasi yonida qurilmoqda. Inshoot qadimgi me’moriy obidalar shaklida bunyod etilmoqda. Majmuaning to‘rt tomonida balandligi 34 metrli peshtoqlar, o‘rtada 65 metrli gumbaz qurilgan. Markazning eng asosiy qismida Qur’oni karim zali bunyod etilmoqda. Bu yerda 460 o‘rinli anjumanlar zali ham qurib bitkazildi. ITSM O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi va dunyoning ixtisoslashtirilgan ilmiy-ta’lim markazlari bilan hamkorlikda ajdodlar merosini o‘rganish, idrok etish borasida ma’rifiy maskanga aylanishi ko‘zda tutilgan.



