«Buyuk o‘tmish merosi – ma’rifatli kelajak poydevori» forumi ishtirokchilari Islom sivilizatsiyasi markazi bo‘ylab sayohat qilishdi. Ular muzey eksponatlari, innovatsion kutubxona, bolalar muzeyini tomosha qildilar.
Ekskursiya o‘tmishning buyuk siymolari, jumladan, Amir Temur, Alisher Navoiy, Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek va boshqalar tasvirlangan pannolar bilan bezatilgan zaldan boshlandi. Islomgacha bo‘lgan davr zalida mehmonlarga nodir qadimiy ashyolar, jumladan, qadim davr, Iskandar Zulqarnayn hukmronligi, Kushon imperiyasi, Afrasiyob va So‘g‘diyonaga oid eksponatlar taqdim etildi. Ishtirokchilar turli interaktiv tadbirlarni, jumladan, 3D kamondan otish, qadimiy so‘g‘d liboslari ustiga fotosurat qo‘shish va o‘z ismini xorazm tilida yozish imkoniyatini sinab ko‘rdi.
«Islom sivilizatsiyasi markazidagi o‘zbekistonlik hamkasblarimiz zamonaviy axborot texnologiyalari va sun’iy intellektdan foydalangan holda, butun bu ketma-ketlikni — sivilizatsiyaning kelib chiqishi, uning dinamikasi va evolyutsiyasini namoyish etdilar. Ko‘rgazmalarda nusxalar va asl nusxalarning ajoyib uyg‘unligi mavjud. Kontent juda jozibali, ayniqsa, yoshlar uchun. Ma’lumotlar mazmunli, jozibali va mazmunli aks ettirilgan, davr ruhiga mos tushadi», — dedi Qozog‘iston Milliy tarix muzeyi direktori Berik Abdigaliuli.
Birinchi Renessans zalida forum ishtirokchilari Saudiya Arabistoni rasmiylari yaqinda O‘zbekistonga sovg‘a qilgan kisvani tomosha qilishdi. Shuningdek, ularga Abu Ali ibn Sino va Xorazmiy davriga oid noyob osori-atiqalar, Birinchi Renessans davrida allomalar erishgan yutuqlarga oid videofilm namoyish etuvchi 3D xona ko‘rsatildi.
«Kisvani shaxsan ko‘rish, uning elementlarini yaqindan o‘rganish Alloh taolo uyiga kichik ziyorat qilishning bir turidir. Bunday aloqa sevgi va junbush uyg‘otadi, Qur’on so‘zlarini va mo‘minlarning Alloh uyini ziyorat qilishiga oid majburiyatini eslatadi. Hammasi ichki kechinmalardan boshlanadi: odam tayyorgarlik ko‘radi, pul yig‘adi va ta’tilga chiqish yoki musulmonchilik burchini bajarish haqida o‘ylaydi. Shu bois Islom sivilizatsiyasi markaziga kisva qo‘shilishi ulkan yutuq, buyuk va hikmatli g‘oya, deb hisoblayman. Bu nafaqat musulmon madaniyati va urf-odatlarining elementi, balki hozirda har bir tashrif buyuruvchi uchun ochiq bo‘lgan ibodatning bir qismidir», — tdeya a’kidladi Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi raisining birinchi o‘rinbosari Damir Muxetditnov.
Ikkinchi Renessans zali mehmonlarni Temuriylar davriga oid asarlar bilan kutib oldi. Devorlari Navoiy va Bobur asarlari asosidagi miniatyuralar bilan bezatilgan. Mirzo Ulug‘bekning koinot mavzusiga alohida e’tibor berilgan. Texnologiyalar yordamida rasadxona va yulduzlar xaritasi qayta yaratildi.
Mehmonlar hozirda ilk tashrif buyuruvchilarni kutib olishga hozirlik ko‘rayotgan Qur’oni karim zaliga tashrif buyurishdi.
«Islom sivilizatsiyasi markaziga 114 ta Qur’onni joylashtirish g‘oyasi haqiqatdan ham ulug‘vor va bu xalqaro va mintaqaviy miqyosda katta ta’sir ko‘rsatadi, deb umid qilaman. Usmon Qur’onining mavjudligiga kelsak, u buyuk tarixiy merosni ifodalaydi. Bu xuddi o‘sha musxaf bo‘lib, unda xalifaning qoni izlarini qolgan. U tarixiy ahamiyatga ega va agar Markazdan joy olsa, alohida e’tiborga loyiq bo‘ladi», — deydi Saudiya Arabistonidan Musulmon dunyosi ligasi vakili Saloh Al-Adduaniy.
«Yangi O‘zbekiston» zalida Uchinchi Renessans davri o‘z aksini topgan. Zamonaviy texnologiyalar O‘zbekistonning buguni va kelajagini ifodalaydi. Asosiy e’tibor respublikaning eng katta boyligi – xalqiga qaratilgan. Markazning ikkinchi qavatida mehmonlarga YUNESKO, UNESCO, ISESCO, IRCICA, TURKSOY kabi xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari, shuningdek, Al-Furqan jamg‘armasi, Oksford islom tadqiqotlari markazi, 100 dan ortiq ilmiy institutlar, muzeylar, Turkiya, Rossiya va Markaziy Osiyodagi kutubxonalar filiallari joylashgan ofislar namoyish etildi. Ekskursiyaning alohida bosqichi tashrif buyuruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida zamonaviy texnologiyalar va gadjetlar bilan jihozlangan noyob, innovatsion kutubxona bo‘ldi.
«Bir so‘z bilan aytganda, bu juda ajoyib. Islom sivilizatsiyasi markazi ko‘plab mutaxassislar: muzey xodimlari, tadqiqotchilar va rassomlarning ulkan mehnati natijasidir. Bu yerda ko‘plab odamlarning sa’y-harakatlari birlashdi va bu juda ta’sirli. Markaz shunchaki muzey emas, bu O‘zbekiston tarixini uning eng yuksak milliy va buyuk yutuqlariga taqdim etadigan sivilizatsion yondashuvidir. Bu g‘oya – bu yerda yashayotgan xalqning buyukligining tasdig‘idir, bu tashrif buyuruvchilarda g‘urur tuyg‘usini uyg‘otadi», — dedi Rossiya Fanlar akademiyasi Sharq qo‘lyozmalari instituti direktori Irina Popova.
U ekspozitsiya turli tomoshabinlar uchun mo‘ljallanganini ta’kidladi.
«Olimlar bu yerda jiddiy materiallar topadilar, keng jamoatchilik esa tarixning jonli, interaktiv tajribasini, o‘sha davrning bir qismi ekanini his qilish imkoniyatini topadi. Bu yondashuv merosni yanada yaqinroq va tushunarli qiladi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev gumanitar fanlarni — til, tarix, madaniyat va diniy an’analarni o‘rganishni qo‘llab-quvvatlayotgani juda muhim. Shunday muhitda mamlakatning kelajagi bo‘lmish yangi avlod voyaga yetmoqda. Gumanitar qadriyatlarsiz kelajak bo‘lmaydi. O‘tmishni o‘rganish orqali biz kelajakni yaratamiz — Islom sivilizatsiyasi markazi bunga yaqqol misoldir», — deya xulosa qildi Popova.
Ekskursiyadan so‘ng forum ishtirokchilari 10 ta mavzuli bo‘limlardan iborat guruhlarga bo‘linib, ikki kunlik forum doirasida ish boshladilar.
«Buyuk o‘tmish merosi – ma’rifatli kelajak poydevori» mavzuidagi ikki kunlik forum Shavkat Mirziyoyev taklifi bilan tashkil etildi. Tadbirda 20 dan ortiq davlatdan 200 dan ortiq olim va ekspertlar ishtirok etadi. TURKSOY, ISESCO, IRSICA, Al-Furqan kabi milliy va xalqaro ilmiy tashkilotlarning vakillari ekspert sifatida xizmat qiladi. Dunyoning o‘ndan ortiq ommaviy axborot vositalari, jumladan Yevronyus, «Al-Jazira», «Mir» tadbirni yoritadi.
ℹ️ Islom sivilizatsiyasi markazi Xasti-Imom majmuasi yonida qurilmoqda. Inshoot qadimgi me’moriy obidalar shaklida bunyod etilmoqda. Majmuaning to‘rt tomonida balandligi 34 metrli peshtoqlar, o‘rtada 65 metrli gumbaz qurilgan. Markazning eng asosiy qismida Qur’oni karim zali bunyod etilmoqda. Bu yerda 460 o‘rinli anjumanlar zali ham qurib bitkazildi. ITSM O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi va dunyoning ixtisoslashtirilgan ilmiy-ta’lim markazlari bilan hamkorlikda ajdodlar merosini o‘rganish, idrok etish borasida ma’rifiy maskanga aylanishi ko‘zda tutilgan.



