O‘zbekistonda ayrim chet el fuqarolari uchun soliq rezidenti bo‘lish jarayoni soddalashtirildi

O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati fotosurati

O‘zbekistonda turar-joy mulkiga egalik qilgan yoki ijaraga olgan va yil davomida mamlakatda 30 kundan ortiq bo‘lgan chet el fuqarolariga soliq rezidenti maqomi beriladi. Bu Prezidentning 4 oktyabr kuni imzolagan qarorida ko‘zda tutilgan, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Amaldagi qoidalarga ko‘ra, ketma-ket istalgan 12 oy ichida mamlakatda 183 kundan ortiq bo‘lgan chet el fuqarolari, agar bu muddat ularning maqomi belgilangan soliq yili bilan bog‘liq bo‘lsa, O‘zbekistonning soliq rezidenti hisoblanadi.

Prezidentning ayni farmoni bilan 2026 yil 1 yanvardan boshlab chet el fuqarolari uchun alohida soliq rejimi joriy etilib, xorijdan olinadigan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etiladi. Ushbu imtiyozdan 50 000 AQSH dollari miqdorida maxsus yig‘im to‘lagan va maxsus vakolatli tijorat bankida bank hisobvarag‘ini yoki maxsus vakolatli kripto-birjada kripto-hamyonini ochgan xorijliklar foydalanishi mumkin.