OAV: Rossiya marketpleysi O‘zbekiston milliy pochta xizmatidagi davlat ulushini sotib olаdi

pochta.uz sayti fotosurati

O‘zbekistonning milliy pochta aloqa operatori UzPost (O‘zbekiston pochtasi) dagi davlat ulushi xususiylashtirildi. Xaridor — Rossiya marketpleysi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, «Gazeta.uz» xabar berdi.

Gazetaga ko‘ra, Wildberries bo‘lishi yangi aksiyador bo‘lishi mumkin. Bu rasman tasdiqlanmagan va hozircha barcha zarur hujjatlar rasmiylashtirilmagan va davlat ulushining qaysi qismi sotilgani noma’lum.

Avvalroq, 2025 yilgi xususiylashtirish dasturiga ko‘ra, «Aloqabank»ga tegishli bo‘lgan UzPost aksiyalarining 29,4 foizi ochiq kimoshdi savdosiga qo‘yilishi rejalashtirilgan edi. Iyun oyida UzPost bilan bog‘liq tuzilmalar ro‘yxatida o‘zgarishlar bo‘ldi. Ro‘yxatdan «Aloqabank», Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda ushbu vazirlikka 20 foizdan ortiq ulushi tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar chiqarildi.

Ularning o‘rnida ro‘yxatga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA), ustav kapitalida 20 foizdan ortiq ulushi DABAga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar hamda O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi (UzNIF) kiritildi. Ushbu yangi affilirlangan tomonlarning har biri UzPost aksiyalarining kamida 20 foiziga egalik qiladi.

Prezidentning 19 sentyabrdagi qarori bilan Milliy investitsiya jamg‘armasi balansida bo‘lgan UzPost aksiyadorlik jamiyatining 25 foizli davlat ulushi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazildi.

Sotuvdan oldin kompaniyaning ustav kapitali oshirildi. Iyun oyida har birining nominal qiymati 1905 so‘m (0,15 AQSH dollari) bo‘lgan 14,5 milliard so‘m (taxminan 1,2 mln AQSH dollari) qiymatidagi 7 615 444 dona aksiyani (jami aksiyalarning 27,8 foizi) yopiq obuna orqali joylashtirildi. Emissiya 26 sentyabr kuni rasmiylashtirilgan, UzPostning ustav kapitali 38,06 milliard so‘mdan 52,56 milliard so‘mga (3,1 mln dollardan 4,3 mln dollarga) ko‘paydi.

Har bir aksiyaning sotuv narxi 10 150 so‘m (0,80 AQSH dollari) etib belgilandi, bu uning nominal qiymatidan besh baravar ko‘p. Barcha aksiyalar emitent va uning aksiyadori Iqtisodiyot va Moliya vazirligi o‘rtasida yopiq obuna orqali joylashtirildi. Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha to‘lov Toshkent shahridagi umumiy qiymati 77,3 milliard so‘m (6,3 mln dollar) bo‘lgan 50 ta pochta aloqasi binosini ustav kapitaliga o‘tkazish orqali amalga oshirildi. Ushbu mulklar ilgari Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Munitsipal mulklarni boshqarish markazi balansida bo‘lgan.

UzPostning bozor kapitallashuvi 285,9 milliard so‘mga (23 mln dollardan ortiq) baholanmoqda.

Ushbu xabar e’lon qilingan paytda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, «O‘zbekiston pochtasi» mazkur kelishuvga rasman izoh bermagan edi.

ℹ️ UzPost AJ — O‘zbekistonning milliy pochta operatori bo‘lib, 1992 yili tashkil etilgan va 2014 yilda aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilgan. Kompaniya hozirda 14 ta hududiy filial, 1602 ta pochta bo‘limi, 3500 dan ziyod yetkazib berish uchastkalariga ega. UzPost'da 7000 dan ortiq xodim, shu jumladan 2500 dan ziyod pochtalon faoliyat yuritadi. Kompaniya 2023 yilni 809,7 million so‘m (taxminan 65,8 ming dollar) sof foyda bilan, 2024 yilni esa 603,5 milliard so‘m (taxminan 49 mln dollar) daromad bo‘yicha 843,9 million so‘m (taxminan 68,6 ming dollar) sof foyda bilan yakunlagan.