«Roskosmos» Baykonurdagi nosozlik tufayli fazogirlarni uchirish dasturi to‘xtatilganiga oid xabarlarni rad etdi

Kema uchirilganidan keyingi start maydonchasi. Videodan kadr

«Roskosmos» bosh direktori o‘rinbosari Dmitriy Baranov 27 noyabr kuni Baykonurdan «Soyuz-2.1a» raketasi uchirilgandan so‘ng, uchirish maydonchasiga yetkazilgan shikastdan so‘ng fazogirlarni uchirish dasturi to‘xtatilgani haqidagi xabarlarni rad etdi, deb xabar beradi TASS.

Baranov bu masalada mish-mishlarga chek qo‘yishga chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, 31-maydonchadagi xizmat ko‘rsatish kabinasini almashtirish uchun ehtiyot qismlar va uskunalar allaqachon Baykonur kosmodromiga yetkazib berilgan. Hozirda gruntlash va bo‘yash ishlari olib borilmoqda. «Roskosmos» korxonasining 130 nafar xodimi ikki smenada ishlamoqda. Ish 2026 yil qish oxirigacha yakunlanishi kutilmoqda.

Raketaga parvoz oldidan xizmat ko‘rsatuvchi kabina 27 noyabr kuni kosmonavtlar Sergey Kud-Sverchkov va Sergey Mikayev, shuningdek, NASA astronavti Kristofer Uillyamsdan iborat «Soyuza-2.1A» kosmik kemasi parvozi paytida shikastlangan edi. Uch soatlik parvozdan so‘ng, kosmik kema Xalqaro kosmik stansiyaga muvaffaqiyatli ulangan. U orbitada 242 kun bo‘ladi.

31-maydonchasi hozirda «Soyuz» kemalarini samoga uchirilishini ta’minlaydigan yagona maydoncha hisoblanadi. Baykonurdagi ilgari faoliyat yuritgan «Gagarin starti» uchirish maydonchasi to‘xtatilgan va Qozog‘istonga berilgan, bu yerda muzey majmuasini yaratish ishlari amalga oshirilmoqda.

Rossiya Baykonur kosmodromi va shu nomdagi shaharni Qozog‘istondan ijaraga oladi. Ijara shartnomasi yaqinda 2050-yilga qadar uzaytirildi, ijara narxi yiliga 115 million dollarni tashkil etadi.