Qozog‘iston Bosh prokuraturasi Aleksey Navalniyning* Sankt-Peterburgdagi shtabining sobiq faoli Yuliya Yemelьyanovaning Rossiyaga ekstraditsiya qilinishini to‘xtatdi, deb xabar beradi Arbat-media «Kovcheg» inson huquqlari tashkilotiga tayanib.
Jarayon faolning qochqinlik maqomini berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatilgan. Yemelyanova ishi bo‘yicha keyingi majlis 27 fevralga belgilangan.
Yemelyanova — Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniyning* Sankt-Peterburg shtabining sobiq xodimi. Rossiyada unga qarshi 2021 yili o‘g‘irlik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, faol go‘yoki Sankt-Peterburgda taksi haydovchisi telefonini o‘g‘irlagan. Yemelьyanova o‘z aybini rad etgan va ish soxtalashtirilgan deb da'vo qilgan. Ish sudga yetib borgach, faol mamlakatni tark etgan.
O‘tgan yil 31 avgustida u Olmaota aeroportida hibsga olingan. Yemelyanova Qozog‘iston orqali tranzitda Gruziyadan Vьetnamga uchib ketayotgan bo‘lgan. Muxolifat faoli Rossiya tomonidan davlatlararo qidiruv ro‘yxatiga kiritilgani uchun hibsga olingan. Hozirda u Olmaotadagi tergov hibsxonasida saqlanmoqda.
Kuni-kecha Qozog‘iston Oliy sudi chechen faoli Mansur Movlayevni ham Rossiyaga berish to‘g‘risidagi qarorni to‘xtatib qo‘ydi va uning qochqinlik maqomini qayta ko‘rib chiqilayotgan paytda yana bir oy hibsda ushlab turishga qaror qildi.
* Rosfinmonitoring tomonidan ekstremizm va terrorchilik faoliyatiga aloqador shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan



