«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovni Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Kayl Uoker bilan tenglashtirdi. Bu haqda murabbiy «Xaddersfild»ga qarshi Karabao kubogi o‘yini oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida malum qildi.
Gvardiolaning so‘zlariga ko‘ra, Husanov juda kuchli va «Manchester Siti» himoyasining chap qanotidan tashqari istalgan joyida o‘ynay oladi.
«Abduqodir hujumda unchalik ko‘p yaratmaydi, biroq u Kayl [Uoker] kabi aql bovar qilmaydigan, mustahkam, barqaror va jismoniy o‘yin uslubiga ega. Husanov aql bovar qilmaydigan darajada konsentratsiyali va hali juda yosh. U o‘rganishni xohlaydi. Biz duch kelgan kuchli raqibga qarshi juda yaxshi o‘ynaydi. O‘ylaymanki, bu yigit uzoq yillar davomida klubimizning erishgan eng yaxshi futbolchisi bo‘lib qoladi. U bizning klubda uzoq yillar o‘z karyerasi yuksaltiradi», — dedi murabbiy.
Gvardiola, shuningdek, Husanov APL doirasidagi «Arsenal»ga (1:1) qarshi o‘yinda olgan jarohati tufayli keyingi uchta o‘yinni o‘tkazib yuborishini ta’kidladi. Ushbu o‘yingacha o‘zbekistonlik himoyachi «shaharliklar» safida «Napoli» (2:0) va «Manchester Yunayted» (3:0)ga qarshi ikkita to‘liq o‘yin o‘tkazdi.
ℹ️ Abduqodir Husanov — Toshkentning «Bunyodkor» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2022 yili u Belarusning «Energetik-BGU» jamoasiga o‘tgan. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining Osiyo kubogi va jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtirokidan so‘ng unga Fransiyaning «Lans» klubi qiziqib qolgan. 2023 yili u Liga 1 ga o‘tgan. 2024 yilning kuzidan boshlab u klubning asosiy himoyachisi hisoblangan. 2025 yil yanvarida u bonuslar bilan birga 50 million yevro evaziga «Manchester Siti»ga o‘tdi va bu Markaziy Osiyo futboli tarixidagi eng qimmat transferga aylandi.
ℹ️ Kayl Uoker — 35 yoshli o‘ng qanot himoyachisi. Ilgari «Manchester Siti»da u ko‘p yillar davomida klubning asosiy o‘yinchisi bo‘lgan va ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan. 2025 yili u «Byornli»ga o‘tdi. U Angliya terma jamoasida 80 marta maydonga tushgan. Uoker o‘zining tezkorligi va ko‘p qirraliligi bilan ajralib turadi.


