Qozog‘iston Milliy banki kriptoalmashtirish faoliyatini yuritish uchun birinchi litsenziyani berdi

crypto.ru sayti fotosurati

Qozog‘iston Milliy banki kriptovalyutalarni almashtirish faoliyatini amalga oshirish uchun birinchi litsenziyani berdi. Hujjatni Pax Finance kompaniyasi olgan, deb xabar qildi moliya bozori regulyatori o‘zining Telegram-kanalida.

Ushbu kompaniya kriptoaktivlarni sotib olish, sotish va saqlash, shuningdek, filiallar ochish va kriptomatlar o‘rnatish huquqiga ega bo‘ladi.

Milliy bank eslatilishicha, joriy yil 1 maydan boshlab Qozog‘istonda raqamli aktivlar bozori ishtirokchilarini litsenziyalash tizimi amal qilmoqda. Ish faoliyati uchun ruxsatnomalar olish va hisobga olish ro‘yxatidan o‘tkazish masalalari moliyaviy regulyator vakolatiga kiradi.

Forbes Kazakhstan ma’lumotlariga ko‘ra, TOO Pax Finance muassislari uch nafar shaxsdan iborat:

▪️ Arman Batayev — auditor, OD Consulting boshqaruvchi partnyori, Finmentor.kz Telegram-kanali asoschisi.

▪️ Azat Bekmag‘ambetov — biznesmen, Paxaro Labs hammuassisi va PaxWallet.io kriptohamyon asoschilaridan biri;

▪️ Oringүl Yesjanova — tadbirkor, Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi neft servis kompaniyalari bilan bog‘liq faoliyat yuritadi.

Qozog‘iston qonunchiligiga ko‘ra, kriptovalyuta bilan ishlash uchun litsenziya olishda korxonalarning ustav kapitali kamida 50 mln tenge (105,7 ming AQSH dollari) bo‘lishi, risklarni boshqarish tizimi, komplayens nazorat, shuningdek, mijozlarni identifikatsiya qilishning zamonaviy tartiblari va kiberxavfsizlik choralarini qo‘llashi talab etiladi. Shu bilan birga, Milliy bank litsenziya berishdan oldin ariza beruvchi kompaniya muassislari va benefitsiarlarining obro‘sini tekshirish majburiyatiga ega.

O‘tgan yil iyun oyida regulyator «Astana» xalqaro moliya markazi kriptobirjalaridagi hamyonlarga bog‘langan holda naqdsiz tranzaksiyalarni amalga oshirish imkonini beruvchi kriptokarta to‘lov loyihasini boshlagan. Unda bir nechta kriptoxizmatlar, jumladan Binance'ning mahalliy bo‘linmasi va Bybit birjasi ro‘yxatdan o‘tgani qayd etilgan.

  • Yaponiya besh yil ichida Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi loyihalarga taxminan 20 milliard dollar sarmoya kiritadi

  • Rossiya matbuoti «nato» snaryadlari tufayli Qozog‘istonga hujum qila boshladi

  • Markaziy Osiyo respublikalarining Yaponiya bilan yaqinlashuvida ko‘z ilg‘amas masalalar bor

  • YouTubeda tinchlik davrida halok bo‘lgan qozog‘istonlik askarlar haqida film e’lon qilindi