Qozogʻistonda Rossiya targʻiboti allaqachon televizion efirlar doirasidan chiqib ulgurdi: u ijtimoiy tarmoqlar, qisqa videolar orqali tarqalmoqda, hatto professional jurnalistika va faktcheking niqobi ostida harakat qilmoqda. Shu bilan birga, uning jamoatchilik fikriga taʼsiri salmoqliligicha qolmoqda. Demoscope soʻrovlariga koʻra, 2025 yilda qozogʻistonliklarning 27 foizi Ukrainadagi urush boʻyicha Kreml bayonlarini takrorlagan.
Rossiya targʻiboti nega qozogʻistonlik auditoriyaning bir qismida aks-sado topayotgani, uning taʼsiriga qaysi guruhlar ayniqsa zaifligi hamda til va ijtimoiy ziddiyatlardan qanday foydalanilayotgani xususida «Azattyk Aziya» Medianet xalqaro jurnalistika markazi tadqiqot dasturlari rahbari, Markaziy Osiyodagi ilk factcheck.kz faktchek resursi hamda Demoscope jamoatchilik fikrini monitoring qilish byurosi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi Snejana Tsoy bilan suhbatlashdi.
Soʻrovlar shuni koʻrsatmoqdaki, Rossiya targʻiboti taʼsiriga katta avlodga mansub rusiyzabon fuqarolar — ayniqsa 60 yoshdan oshganlar eng moyildir. Rossiya tarafdorlari urushni koʻpincha Kremlning NATO kengayishi, rus tilining kamsitilishi va «rusofobiya» haqidagi odatiy iddaolari bilan izohlaydilar.
Tsoy ogohlantiradi: Qozogʻiston allaqachon axborot urushiga tortilgan va uning oqibatlari nafaqat jamoatchilik kayfiyatiga, balki soʻz erkinligi hamda inson huquqlariga ham daxl qilishi mumkin. Shu bilan birga, suhbatdosh faqatgina taqiq va bloklashlar bilan muammoni hal qilib boʻlmaydi deb hisoblaydi. «Eng samarali [vosita] — mediasavodxonlik, tanqidiy fikrlash va faktchekingni rivojlantirishdir», — deydi u.
Intervyuning matnli shakli bilan bu yerda tanishish mumkin.



