«NeMolchi» harakati xalqaro huquqni himoya qilish tarmog‘i — NeMolchi Network tashkil etilganini ma’lum qildi

t.me/nemolchikz fotosurati

Huquqni himoya qilish harakati «NeMolchi» NeMolchi Network xalqaro hamjamiyatini tashkil etdi. Yangi tuzilmaning ishga tushirilgani haqida 9 iyul kuni — harakat tashkil etilganining o‘n yilligi munosabati bilan ma’lum qilindi, deb xabar berdi Qozog‘iston Xalqaro inson huquqlari va qonunlarga rioya etilishini ta’minlash byurosi.

Tashkilot bayonotida qayd etilishicha, NeMolchi Network Qozog‘iston, Gruziya va Chernogoriyada faoliyat yuritayotgan inson huquqlarini himoya qilish tashabbuslarini birlashtiradi. Ushbu hamjamiyat asosiga zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan ayollar va bolalarni himoya qilish yo‘lidagi o‘n yillik tajriba qo‘yilgan.

«NeMolchi» harakati Qozog‘istonda 2016 yilda Dina Tansari (Dinara Smailova) tomonidan jamoatchilik tashabbusi sifatida tashkil etilgan. Bir yil o‘tib, u xayriya mablag‘lari hisobiga faoliyat yuritgan jamoat fondi shaklida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. 2023 yilda tashkilot xorijdagi faoliyatini kengaytirib, Gruziyada Break Silence Worldwide xalqaro fondini tashkil etgan. 2026 yil may oyida esa Chernogoriyada Ne ćuti fondi ro‘yxatdan o‘tkazildi.

O‘n yil davomida «NeMolchi» mutaxassislari 83 mingdan ortiq bepul maslahatlar o‘tkazdi, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha 354 ta jinoyat ishi yuzasidan ayblov hukmlari chiqarilishiga erishdi. Ushbu ishlar orasida bolalarga qarshi jinoyatlar bo‘yicha 117 ta ish ham bor. Bundan tashqari, harakat 13 nafar politsiya xodimining sudlanishiga va o‘smirlar hamda ayollarga nisbatan qo‘zg‘atilgan qator jinoyat ishlarining qayta ko‘rib chiqilishiga erishgan.

NeMolchi Network harakat rivojining keyingi bosqichi bo‘lishi kerak. Yaqin vaqt ichida xalqaro hamjamiyatning maqsadlari, tamoyillari va yagona axloqiy standartlarini belgilab beradigan deklaratsiyasi, strategiyasi hamda ko‘ngillilar kodeksi taqdim etiladi.

Harakat asoschisi Dina Tansari Qozog‘istonda jinoiy ta’qibga uchragan. Unga nisbatan firibgarlik va yolg‘on ma’lumotlar tarqatish bo‘yicha bir nechta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Uning o‘zi bu ishlarni inson huquqlarini himoya qilish faoliyati bilan bog‘laydi. 2025 yilda Tansari Chernogoriyadan siyosiy boshpana olgan.

2025 yil dekabr oyida «NeMolchi» fondi tashkilot hisob raqamlari bloklanganidan keyin xodimlarning ruhiy charchashi va moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelganini izohlab, ishonch telefoni faoliyati vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qildi.

  • Nima uchun Oʻzbеkiston yana bir bor gaz taqchilligiga duch kеlgani va yana bir bor yoqilgʻi quyish shoxobchalari faoliyatini chеklagani haqida

  • Yaponiya besh yil ichida Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi loyihalarga taxminan 20 milliard dollar sarmoya kiritadi

  • Markaziy Osiyo respublikalarining Yaponiya bilan yaqinlashuvida ko‘z ilg‘amas masalalar bor

  • Toshkentda O‘zbekiston gerbini yaratgan rassom Anvar Mamajonovning grafik asarlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda