 Kursiv.kz xabariga ko‘ra, Durov shuningdek, sun’iy intellekt jamiyat tuzilmasini sezilarli darajada o‘zgartirishini qayd etgan.
	
			Kursiv.kz xabariga ko‘ra, Durov shuningdek, sun’iy intellekt jamiyat tuzilmasini sezilarli darajada o‘zgartirishini qayd etgan.
	Telegram Qozog‘istondagi superkompyuterda sun’iy intellekt (SI) va blokcheyn bilan bog‘liq loyihani ishga tushiradi. Bu haqda messenjer asoschisi Pavel Durov Ostonadagi Digital Bridge forumining yalpi majlisida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi, deb yozadi TASS.
«Bugun men aynan shu binoda, Alem.AIda (Sun’iy intellekt markazi binosi – tahr.izohi) SI laboratoriyasi ochilganini e’lon qilishimdan juda mamnunman. Birinchi loyiha Telegram va Qozog‘iston superkompyuter klasteri o‘rtasidagi hamkorlik bo‘ladi. Loyiha aynan shu mamlakatda, Sun’iy intellekt vazirligi tomonidan ishga tushiriladi», — dedi.
Durovning qayd etishicha, so‘nggi oylarda Telegram yangi texnologiya – blokcheyn va sun’iy intellekt kesishmasi ustida ishlamoqda. «Ushbu texnologiya 1 milliarddan ortiq odamga markazlashtirilmagan kompyuter tizimida ishlab chiqariladigan sun’iy intellekt funksiyalaridan shaxsiy va shaffof tarzda foydalanish imkonini beradi. Telegramda 1 milliarddan ortiq foydalanuvchi bor va Telegram ichidagi mini-ilovalar ushbu texnologiyaning birinchi foydalanuvchilari bo‘ladi», — deya qo‘shimcha qildi u.
Pavel Durov Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va «Samruk-Kazina» fondi boshlig‘i Nurlan Jakupov o‘rtasida. Oqo‘rda matbuot xizmati fotosurati
«Bu yerda, albatta, bunga ikki tomondan yondashish mumkin. Bunga qo‘rquv nuqtayi nazaridan yoki ishonch nuqtayi nazaridan yondashishingiz mumkin. Biznes rahbarlari bilan gaplashganda, hukumat vakillari bilan, universitetlar, jumladan, Qozog‘iston universitetlari bilan gaplashar ekanman, Qozog‘iston bunga umid, qandaydir ilhom nuqtayi nazaridan ko‘proq mos kelishini ko‘raman», — dedi u.
Durovning fikricha, bu «oltin davr» bo‘ladi. «Bu har bir inson uchun mo‘l-ko‘lchilik davri bo‘ladi va biz mehnat qilishimiz, juda ko‘p ter to‘kishimiz, katta sarmoya kiritishimiz va bu jarayon haqida o‘ylashimiz kerak», —deya xulosa qildi u.
Bu Durovning Qozog‘istonga birinchi tashrifi emas. 2024 yil yozida u Markaziy Osiyo mamlakatlari Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘izistonda bo‘ldi. O‘tgan yili tashrifi chog‘ida «Astana» xalqaro moliya markazi regulyatori Toncoin kriptovalyutasi savdosi boshlanishini ma’qulladi.
O‘tgan yil kuzida Telegram Qozog‘istonda o‘z vakolatxonasini ochayotgani ma’lum qilingan edi.
 
			 
			 
			 
			 
			 
			

