Qozog‘iston Germaniyaga neft yetkazib berish hajmini oshiradi

www.kmg.kz sayti fotosurati

Qozog‘iston 2026 yili Germaniyaga neft yetkazib berish hajmini oyiga 130 ming tonnagacha oshiradi, deb xabar beradi «KazMunayGaz» (KMG) milliy kompaniyasi matbuot xizmati.

Bunday qaror KMG boshqaruvi raisi Asxat Xasenov va Rosneft Deutschland GmbH bosh direktori Yoxannes Bremer o‘rtasidagi muzokaralar chog‘ida qabul qilindi.

«Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, Qozog‘iston neftini Germaniyaga yetkazib berish bo‘yicha amaldagi kelishuv 2026 yil oxirigacha uzaytirildi (Qorachig‘anoq Petroleum Operating B.V resursidan). Kelishuv oylik yetkazib berish hajmini 100 ming tonnadan 130 ming tonnagacha oshirishni nazarda tutadi», — deyiladi xabarda.

TASS xabar berishicha, «Rosneft»ning Germaniyadagi sho’ba korxonasi » Rosneft Deutschland GmbH 2022 yili Germaniya Federal tarmoq agentligi boshqaruviga o‘tkazilgan. Qozog‘istonning «Kaztransoyl» milliy operatori «Transneft» quvurlari tizimi orqali Rossiya orqali neft tranzitini ta’minlaydi. Keyin Qozog‘iston nefti Belarus orqali «Gomeltransneft Drujba» quvuri orqali Germaniyaning Shvedtdagi neftni qayta ishlash zavodiga yetkazib berish uchun «Adamova zastava» neft yetkazib berish punktiga yuboriladi.

2025 yilning dastlabki to‘qqiz oyida Shvedt neftni qayta ishlash zavodiga taxminan 1,5 million tonna Qozog‘iston nefti yetkazib berildi, bu o‘tgan yili yetkazil berilgan miqdorga teng.