Qirg'izistonda 13 ta tibbiyot universiteti akkreditatsiyadan o'ta olmadi va diplom berish huquqidan mahrum bo'ldi

avicenna.edu.kg sayti fotosurati

Qirg'izistonda 13 ta tibbiyot universiteti shu yilning may oyida o'tkazilgan davlat akkreditatsiyasidan o'ta olmadi va yana yettitasi unda qatnashmadi. Bu haqda Respublika Sog'liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Akkreditatsiyadan o'ta olmagan universitetlar ro'yxatiga quyidagilar kiradi:

•Avitsenna xalqaro tibbiyot universiteti;

•ADAM universiteti;

• Roel Metropolitan universiteti;

• Altamimi xalqaro universiteti;

• «Ala-Too» xalqaro universiteti;

• Xalqaro tibbiyot universiteti;

• Qirg'iziston tibbiyot va stomatologiya instituti;

• Salimbekov universiteti;

• Yevroosiyo xalqaro universiteti;

• Bishkek xalqaro tibbiyot instituti;

• Xalqaro tibbiyot va fan universiteti;

• Markaziy Osiyo xalqaro tibbiyot universiteti;

• O'sh xalqaro tibbiyot universiteti

Quyidagi muassasalar akkreditatsiya uchun ariza topshirmagan:

• I. Arabayev Qirg'iziston davlat universiteti;

• Botken davlat universiteti;

• S. Naamatov nomidagi Norin davlat universiteti;

• K.I. Skryabin nomidagi Qirg'iz milliy agrar universiteti;

• Xalqaro fan va biznes universiteti;

• N.R.Z Qirg'iziston xalqaro universiteti;

• «Zamanbap» tibbiyot instituti

2025 yil avgust oyida chiqarilgan prezident farmoniga ko'ra, ushbu ta'lim muassasalari davlat diplomlarini berish va talabalarni qabul qilish huquqidan mahrum bo'ladi. Ular faqat akademiya nazorati ostida tayyorgarlik kurslari yoki klinik o'quv markazlari sifatida faoliyat yurita oladilar.

I.K. Axunbayev nomidagi Qirg'iziston davlat tibbiyot akademiyasi rektori Indira Kudaybergenovaning so'zlariga ko'ra, akkreditatsiyadan o'ta olmagan muassasalarning talabalari sentyabr oyiga qadar boshqa tibbiyot oliy o'quv yurtlariga qayta taqsimlanishi kerak.

Shuni ta'kidlash lozim, Qirg'iziston tibbiyot akademiyasi, boshqa ikkita tibbiyot universiteti: B.N. Yeltsin nomidagi Qirg'iz-Rossiya slavyan universiteti va Qirg'iz-Turkiya «Manas» universiteti qatori akkreditatsiya jarayonida ishtirok etishdan ozod qilingan.

To'rtta ta'lim muassasasi olti yil muddatga akkreditatsiya oldi:

• O'sh davlat universiteti;

• Qirg'iziston xalqaro universiteti o'quv, ilmiy va ishlab chiqarish kompleksi;

• Xalqaro tibbiyot oliy maktabi;

• S. Tentishev nomidagi Osiyo xalqaro universiteti.

Quyidagi o'quv dargohlari bir yil muddatga akkreditatsiyadan o'tkazildi:

• J. Balasagin nomidagi Qirg'iziston milliy universiteti;

• Jalolobod davlat universiteti;

• B. Sidiqov nomidagi Qirg'iz-O'zbek xalqaro universiteti;

•K. Tinistanov nomidagi Issiqko'l davlat universiteti;

• Jalolobod xalqaro universiteti;

• Janubiy Osiyo universiteti;

• Xalqaro Yevropa universiteti

Sog'liqni saqlash vazirligi tibbiy dasturlarning davlat akkreditatsiyasi yagona mezonlarga asoslanganini tushuntirdi: mutaxassislar xodimlar tarkibini, klinik inshootlar mavjudligi, moddiy-texnik jihozlar, o'quv dasturlari, jarayonlarni tashkil etish va mutaxassislarni tayyorlash sifatining boshqa asosiy ko'rsatkichlarini baholaydilar.

Vazirlik akkreditatsiya shunchaki rasmiy talablarga muvofiqlikni tekshirishdan iborat emasligini ta'kidladi. Asosiy maqsad — shifokorlar va tibbiyot xodimlarining tayyorgarligi darajasini chinakamiga oshirish, bemorlar uchun xavflarni kamaytirish va milliy tibbiy ta'lim tizimiga ishonchni mustahkamlashdan iboratdir.