Janao'zenlik neftchilar faol Jumagaliyevning hibsga olinganiga qarshi norozilik bildirishdi

Neftchilar namoyishi. Videodan kadr

Qozog'istonning Mang'istov viloyati, Janao'zen shahrida «Ozenmunaygaz» neftь kompaniyasi ishchilari bir soatga ishlarini to'xtatdilar. Ular shu yo'l bilan mahalliy faol Muratbay Jumagaliyevning hibsga olinishiga qarshi norozilik bildirishdi, deb xabar beradi Ozodlik radiosining mintaqaviy brosi — «Azattыk Aziya».

Neftchilarning ish tashlashi aks etgan video internetda tarqalgan. Kadrda bir kishi respublika prezidenti Qosim-Jomart To'qayevga murojaat qilib, Jumagaliyevning ozod qilinishini ta'minlashda yordam so'ragan. Namoyishchi faolning «turli hiyla-nayranglar orqali qo'yilgan soxta ayblovlar» bilan hibsga olinganini da'vo qiladi.

«Ozenmunaygaz» xodimi vatandoshining hibsga olinishi haqida Muratbayning faolligi va adolat uchun kurashi behuda ketganini aytdi.

«Har birimiz bilan shunga o'xshash voqea sodir bo'lmasligiga kim kafolat bera oladi?» — deya o'rtaga ritorik savol tashlaydi neftchi.

Namoyishchilar talablari bajarilmasa, ishni butunlay to'xtatish bilan tahdid qilishgan.

Namoyishchilardan biri jurnalistlarga video 4 iyunь kuni kechqurun zavod binosi yonida suratga olinganini aytgan. Guvohning qo'shimcha qilishicha, Janao'zen prokurori tez orada voqea joyiga yetib kelgan. Shahar nazorat mahkamasi rahbari neftchilar nima uchun ish tashlashganini va yig'ilganlarni ish kunida bunday yo'l tutmasligi kerakligini aytib, tanqid qilgan.

Jumagaliyevning hibsga olingani haqida 4 iyunь kuni xabar berilgan. U giyohvand moddalar bilan bog'liq jinoyatlarda ayblanmoqda. Internetda faolning politsiya mashinasi yonida maxsus politsiya kuchlari tomonidan o'ralgani tasvirlangan video tarqalgan. Jumagaliyevning o'zi «cho'ntagiga noqonuniy moddalar aytayin tashlab qo'yilgani»ni aytgan.

«Azattыk» xabariga ko'ra, uning advokati Oygul Ayjarkova o'sha kuni kechqurun u bilan uchrashgan. Ayolning so'zlariga ko'ra, mijozi o'zini aybdor deb hisoblamagani uchun ko'rsatma berishdan bosh tortgan. Biroq, uning himoyasiga ko'ra, tergov allaqachon ekspertiza o'tkazgan va Jumagaliyevda 108 gramm giyohvand moddalar borligi haqida xulosa chiqargan.

Muratbay Jumagaliyev — Janao'zenning eng taniqli fuqarolik faollaridan biri, 2011 yili neftchilar ish tashlashida ishtirok etgan, o'shanda norozilik namoyishlari tarqatib yuborilishi natijasida 17 kishi halok bo'lgandi. Ushbu voqealardan so'ng, u ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etganlikda ayblangan 37 nafar sudlanuvchi qatorida bo'lgan va uch yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilingan.

Faol ruxsatsiz mitinglarda ishtirok etgani uchun bir necha bor ma'muriy javobgarlikka tortilgan, 2011 yilgi voqealar bo'yicha yangi tergov o'tkazishni, siyosiy mahbuslarni ozod qilishni talab qilgan va mamlakat prezidentini tanqid qilgan.