Qozog‘iston parlamenti — Qurultoyga saylovlar 2026 yil avgust oyiga belgilandi

Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati fotosurati

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart To‘qayev 1 iyul kuni 2026 yil 23 avgust sanasiga Qurultoyga saylovlar tayinlash to‘g‘risida farmonni imzoladi.

Qurultoy — Qozog‘istonning bir palatali parlamenti nomlanishi bo‘lib, u joriy yil yanvar oyida davlat rahbari tomonidan taklif qilingandi. Qurultoy tarkibiga umummilliy yagona partiya tizimi asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadigan 145 nafar deputat kiradi. Deputatlarning vakolat muddati — besh yil.

Mamlakatda 30 yildan ortiq faoliyat yuritgan ikki palatali parlament 30 iyun kuni o‘z vakolatlarini tugatdi. 1 iyul kuni Qozog‘istonning yangi Konstitutsiyasi kuchga kirdi va unga muvofiq mamlakatda bir palatali Qurultoy tashkil etiladi.