Tojikistonlik murabbiy Qozog‘istonning «Aktobe» klubiga bosh murabbiy bo‘lishi mumkin

Igor Cherevchenko. «Istiqlol» FK fotosurati

Dushanbeda tug‘ilgan Igor Cherevchenko Qozog‘istonning «Aktobe» futbol klubiga yangi bosh murabbiy bo‘lishi mumkin. Bu haqda jurnalist Vladimir Jarkov o‘zining Telegram-dagi «JarkOFF» kanalida ma’lum qildi.

Cherevchenko slovakiyalik Shtefan Tarkovich o‘rniga jamoani boshqarishi mumkin. «Aktobe» rahbariyati hozirgi murabbiy bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Tomonlarga faqat tovon puli miqdorini kelishib olish qolgan. Klub hozircha murabbiyning ketishi haqida rasmiy bayonot bermagan.

Tarkovich «Aktobe» bosh murabbiyi lavozimiga 2026 yil 1 aprel kuni tayinlangan va bu lavozimda bolgariyalik Nikolay Kostovning o‘rnini egallagan edi. Qozog‘iston chempionatining 17 turidan so‘ng jamoa 25 ochko to‘plab, yettinchi o‘rinni egallab turibdi. Shuningdek, klub mamlakat Kubogidagi ishtirokini yakunlagan.

Igor Cherevchenko Dushanbeda tug‘ilgan, mahalliy «Pomir» klubi va Tojikiston milliy terma jamoasida to‘p tepgan. U futbolchilik faoliyatining asosiy qismini Moskva shahrining «Lokomotiv» klubida o‘tkazgan.

2015 yili Cherevchenko «Lokomotiv»ni Rossiya Kubogi g‘olibligiga olib kelgan. Keyinchalik mutaxassis Kaliningradning «Baltika», Tulaning «Arsenal», Moskva viloyatining «Ximki» va Voronejning «Fakel» jamoalarida ishlagan. «Arsenal» bilan u klub tarixida ilk bor yevrokuboklar yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

Cherevchenkoning so‘nggi ish joyi Dushanbening «Istiqlol» klubi bo‘lgan. Uning rahbarligi ostida jamoa uch marta ketma-ket — 2023, 2024 va 2025 yillari aylangan. 2025 yil dekabr oyida murabbiy shartnoma muddati tugagani sababli klubni tark etgan.