2026 yil 14 noyabrida Afgʻoniston janubidagi, tarixan «Tolibon» harakatining vatani, maʼnaviy markazi va bosh tayanchi hisoblangan Qandahor shahridagi viloyat axborot va madaniyat boshqarmasi mahalliy radiostansiyalarga kriket haqidagi yangiliklarni, ushbu sport turiga bagʻishlangan barcha mavzuli eshittirishlarni hamda oʻyinlar translyatsiyasini efirdan olib tashlashni buyurdi.
Afgʻonistonning Hasht-e Subh nashri xabar berishicha, taqiq toʻgʻrisidagi koʻrsatmani toliblar maʼmuriyati ogʻzaki tarzda yetkazgan, sabablarini esa oshkor qilmagan. Qizigʻi shundaki, aynan oʻsha kunlari Afgʻoniston erkaklar terma jamoasi oʻz uy seriyasini oʻtkazayotgan Sharja shahrida Zimbabvega qarshi maydonga tushayotgan edi.
👉 Siz esa Angliyaning janubi-sharqida qariyb XIV asrda paydo boʻlgan ushbu qadimiy sport turi qanday qilib Afgʻonistonda ommalashib ketganini bilasizmi?
Kobulda kriket oʻyini haqidagi ilk maʼlumotlar Birinchi ingliz-afgʻon urushi davriga, yaʼni 1839 yilga borib taqaladi. 1839 yil 7 avgustda Britaniya-Hindiston qoʻshinlari Kobulni egallab, oʻz ittifoqchisi boʻlmish Shoh Shujoni taxtga oʻtqazdi. Shaharda garnizon qoldirilib, u 1842 yil yanvarida qoʻzgʻolondan soʻng Kobulni tark etdi. Britaniyalik zobitlar oʻsha paytdagi shahar chegarasidan tashqaridagi harbiy lagerda istiqomat qilardi. Kriket ularning boʻsh vaqtlaridagi odatiy mashgʻulotlaridan biri edi.
Oradan bir yarim asr oʻtib esa zamonaviy afgʻon kriketining haqiqiy tarixi boshlandi. Va bu voqea Pokistonda yuz berdi. 1979 yilda sovet qoʻshinlari kiritilganidan soʻng u yerga koʻplab afgʻon oilalari qochib oʻtgandi. Peshovar yaqinidagi lagerlarda ulgʻaygan bolalar kriketning mahalliy koʻchabop shaklini oʻzlashtirib oldilar. Charm toʻp oʻrniga ular kamroq sakrashi uchun izolenta bilan oʻralgan tennis toʻpidan foydalanishar, bitalarni esa oʻzlari yasashardi.
Sovet qoʻshinlari Afgʻonistondan chiqib ketganidan bir necha yil oʻtib, mamlakatda kriket rasmiy maqomga ega boʻldi. 1995 yilda Afgʻoniston kriket federatsiyasini tashkil etganlar orasida Toj Malik va Alloh Dod Nuriy ham bor edi. Toj Malik Peshovar yaqinidagi Kacha-Gari lagerida voyaga yetgan. Nuriy esa 2001 yil may oyida, toliblarning ilk boshqaruvi davridayoq ilk xorijiy oʻyinlar uchun Pokistonga yoʻl olgan jamoaga sardorlik qilgan. U The Guardian muxbiriga bergan intervyusida oʻsha vaqtda televideniye taqiqlangan Afgʻonistonda oʻyinlarni radio orqali tinglashganini soʻzlab bergan edi. Ikki yil oʻtib, Kobulda milliy terma jamoalarga saralash uchun 14 ta jamoa toʻplandi. Ishtirokchilar orasida Xoʻst va Qandahordan kelgan oʻyinchilar ham bor edi.
Xalqaro musobaqalarda terma jamoa Jahon ligasining beshinchi divizionidan start olаdi. 2008 yilda afgʻonlar Jersi orolidagi turnirda gʻolib chiqаdi, soʻngra Tanzaniyadagi toʻrtinchi divizionda va Argentinadagi uchinchi divizionda zafar quchаdi. 2009 yilda jamoa rasmiy bir kunlik oʻyinlarda qatnashish huquqini qoʻlga kiritаdi, 2015 yilda esa jahon chempionatida debyut qilib, u yerda ilk gʻalabasiga — Shotlandiya ustidan erishаdi. 2017 yilda Afgʻoniston Xalqaro kriket kengashining (ICC) toʻlaqonli aʼzosiga aylanаdi. Bir yil oʻtib terma jamoa Hindistonga qarshi ilk test-oʻyinini oʻtkazаdi.
2023 yilgi bir kunlik kriket boʻyicha jahon chempionatida terma jamoa toʻrtta oʻyinda, jumladan, Angliya va Pokiston ustidan gʻalaba qozongan. 2024 yilda esa jamoa oʻyinning qisqartirilgan shakli — har bir jamoaga oltitadan toʻp oshiriladigan 20 tagacha seriya beriladigan T20 boʻyicha jahon chempionatining yarim finaliga ilk bor yoʻl olgan. Oʻsha vaqtga kelib afgʻon kriketida ichki musobaqalar tizimi shakllanib ulgurgan edi: mahalliy klublarning oʻyinchilari viloyatlar jamoalari safiga kira olardi. 2026 yil iyulida «Shpagiza» ligasining finali ilk bor Kobuldan tashqarida, Xoʻst shahrida boʻlib oʻtdi. Oʻyinga juda koʻp tomoshabin yigʻilgan, deb oʻshanda xabar bergan edi Afgʻonistonning TOLOnews telekanali.
Hatto ayollar jamoalari ham mavjud. 2021 yilda «Tolibon» harakati hokimiyatga kelganidan soʻng, mamlakatda ayollar va qizlar uchun sport butunlay taqiqlandi. Tahdidlardan qochib, aksariyat sportchi ayollar Afgʻonistonni tark etdi. Foto: BBC.
Ayollar kriketi ham Pokistondan kirib kelgan. U yerdan qaytib kelgan Diana Barakzay 2009 yilda jamoa tuzаdi va bu jamoa uch yil oʻtib Dushanbedagi turnirda gʻoliblikni qoʻlga kiritаdi. 2020 yilda Afgʻoniston kriket kengashi 25 nafar sportchi ayol bilan shartnoma imzolaydi. 2021 yilda toliblar hokimiyatga qaytgach, ular oʻz vatanida shugʻullanish va oʻynash imkoniyatidan mahrum boʻlаdi. Kriketchi ayollarning bir qismi Avstraliyaga koʻchib ketаdi va 2025 yil yanvarida Melburnda oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazаdi. 2026 yilda ICC ishchi guruhga afgʻon qochqin ayollari jamoasi 2030 yilga borib saralash turnirlarida qatnasha olishini koʻzda tutuvchi rejani tayyorlashni topshirаdi.
Afgʻon jurnalistlari oʻyinlarni muntazam yoritishni boshlaganlarida, bahsni hech qachon koʻrmagan tinglovchilarga tushunarli boʻlgan soʻzlarni qidirib topishlariga toʻgʻri keldi. Bi-bi-sining pushtu xizmati sharhlovchilari hakamni «oʻyinni kuzatib turuvchi shaxs» deb atashgan, maydondagi oʻyinchining joylashuvini esa toʻp qaytaruvchiga nisbatan burchak orqali tushuntirishgan. Bu iboralarning bir qismini keyinchalik Afgʻoniston kriket kengashi va boshqa ommaviy axborot vositalari ham qabul qilib oldi.
Mana endi esa Qandahor radiostansiyalariga oʻyinlar haqidagi hatto qisqa xabarlarni ham efirdan olib tashlash buyurildi.
-
17 noyabr17.11Parta ortida toʻqqiz yilTojikiston poytaxti maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan tekshiruv o‘qituvchilar soni ko‘paygani, ammo bilim darajasi pasayganini ko‘rsatdi -
11 noyabr11.11«Oʻzbek futbolchilariga darhol yuqori saviyada oʻynab ketish osonroq»Samarqandning «Dinamo» klubi murabbiyi Fyodor Gagloyev — O‘zbekistonga qaytishi, Pavlyuchenko va Xusanov haqida -
11 noyabr11.11FotoToliblar saqlab qolishga vaʼda berayotgan saroyOg‘a Xon jamg‘armasi Kobuldagi qadimiy Bolo-Hisor qal’asini arxeologiya parkiga aylantirmoqda -
10 noyabr10.11Tikanli sim ortidagi XitoyNima uchun Pekin umumiy chegaraga ega bo‘la turib, toliblar bilan Markaziy Osiyo orqali savdo qilayotgani haqida -
09 noyabr09.11Xitoy sharobiNima uchun xitoyliklar spirtli ichimliklarni ko‘llar bilan o‘lchashi va Farg‘ona uzumi imperiyaning ta’m didini abadiy o‘zgartirib yuborgani haqida -
05 oktyabr05.10Kutilganidan past, ammo belgilanganidan yuqoriMarkaziy Osiyo davlatlari-2026 Osiyo o‘yinlarida qanday ishtirok etgani haqida



