OAV: Tojikistondagi konda yuz bergan portlash oqibatida oltita afg‘on ishchisi halok bo‘ldi

tasnimnews.com sayti fotosurati

Tojikistonning Sug‘d viloyatidagi ko‘mir konida yuz bergan portlashda oltita afg‘on fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda Tasnim axborot agentligi manbalarga tayangan holda xabar berdi.

Fojia Sug‘d viloyatining Ayniy tumanida sodir bo‘lgan. Portlash paytida tunnelda olti kishi bor bo‘lgan, ularning hammasi o‘lgan. Ishchilarning jasadlari haliyam vayronalar ostida, qutqaruv harakatlari davom etmoqda.

Manbaga ko‘ra, halok bo‘lganlarning beshtasi Afg‘onistonning Daykundi viloyati fuqarosi, yana biri esa Gor viloyatining Lal-Vasr-Jangal tumanidan. Tojikiston hukumati halok bo‘lganlar ismlarini oshkor qilmagan.

Nashrning ta’kidlashicha, shu yil may oyida Sug‘d viloyatidagi boshqa ko‘mir konida ham shunga o‘xshash voqea yuz bergan. Yer o‘pirilishi natijasida Daykundi viloyatidan sakkizta afg‘on ishchisi halok bo‘lgan.

Tojikistonning ko‘mir konlarida o‘z vatanida tirikchilik uchun daromad manbai topolmagan yuzlab afg‘onistonliklar mehnat qilishadi. Ishchilar og‘ir mehnat sharoiti va xavfsizlik uskunalari yetishmasligi sabab, o‘lim bilan tugaydigan fojiali vaqealar konlarda muntazam yuz berishini ta’kidlaydilar. Biroq, jarima va Tojikistondan deportatsiya qilinish tahdidi ostiga ularga arz qilish va OAV bilan bog‘lanish taqiqlangan.

  • Mashhur san’atkorning Japarov oldida o‘zini qanday tutgani Qirg‘izistonda hokimiyatga sig‘inish va siyosiy o‘zgarishlar haqidagi bahslarga sabab bo‘ldi

  • Muhim minerallar, sun’iy intellekt — «Markaziy Osiyo — Koreya» formatidagi uchrashuvda yana nimalar muhokama qilindi?

  • Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib o‘tgan mediaforumda dunyoning qariyb 50 ta davlatidan 300 dan ortiq jurnalist jam bo‘ldi

  • Kuzatuvchilar va ekspertlar — Qozog‘istondagi yangi parlament — Qurultoyga ilk saylovlar haqida