Qozog‘iston prezidenti Tashqi ishlar vazirini almashtirdi. Nurtleu To‘qayevga yordamchi etib tayinlandi

Murat Nurtleu. Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati fotosurati

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleuni ishdan bo‘shatib, so‘ngra uni Prezidentning xalqaro investitsiyalar va savdo hamkorligi bo‘yicha yordamchisi etib tayinladi, deya xabar beradi Oqo‘rda.

To‘qayev boshqa farmon bilan avval Bosh vazir o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Yermek Kosherbayevni Tashqi ishlar vaziri etib tayinladi.

Siyosatshunos Gaziz Abishevning tushuntirishicha, Nurtleu Prezident Administratsiyasiga (PA) ilgari Yerjan Qazixan egallab turgan lavozimga o‘tmoqda. Biroq, biroz boshqacha nom bilan: Qazixan «xalqaro masalalar bo‘yicha yordamchi» bo‘lgan, prezident devonidagi yangi xodim esa «xalqaro investitsiyalar va savdo hamkorligi bo‘yicha yordamchi» sifatida ko‘rsatilgan.

Qazixan Qozog‘istonning BMT va boshqa xalqaro tashkilotlardagi vakili etib tayinlandi va yaqin orada o‘z vazifalarini bajarish uchun Jenevaga jo‘nab ketadi.

Yangi Tashqi ishlar vaziri Kosherbayev, ekspertning so‘zlariga ko‘ra, o‘z lavozimiga o‘zidan avvalgi Nurtleu ega bo‘lgan Bosh vazir o‘rinbosari maqomisiz tasdiqlangan.

«Variantlardan biri shundaki, Nurtleu Bosh vazir o‘rinbosari lavozimida ishlagan sarmoya sektorini nazorat qilish bo‘yicha qo‘shimcha vakolatlar u bilan birga Prezident apparatiga o‘tkazilmoqda», — deyataxmin qiladi Abishev.

ℹ️ Sentyabr oyi boshida Orda.kz sayti Tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu va tadbirkor va Qozog‘iston og‘ir atletika federatsiyasi rahbari Gaji Gadjiyev hibsga olingani haqida xabar bergandi. Huquq-tartibot organlaridagi manbalar amaldor va tadbirkorning uylarida tintuv o‘tkazilganini iddao qilishgan. Rasmiylar nashrni feyk xabarlar tarqatish orqali qonunni buzganlikda ayblab, ushbu xabarlarni rad etgandi.

  • Qozog‘iston sun’iy intellekt poygasida AQSH va Xitoy o‘rtasida qanday muvozanat saqlamoqda

  • Toliblarga qarshi muxolifat yetakchilari mamlakat kelajagi borasida turlicha fikr bildirdi

  • Mashhur san’atkorning Japarov oldida o‘zini qanday tutgani Qirg‘izistonda hokimiyatga sig‘inish va siyosiy o‘zgarishlar haqidagi bahslarga sabab bo‘ldi

  • Muhim minerallar, sun’iy intellekt — «Markaziy Osiyo — Koreya» formatidagi uchrashuvda yana nimalar muhokama qilindi?